Asosiy Qonunimizning oʻttiz yilligiga bagʻishlandi
Nashr qilingan sana: 05.12.2022 06:04:12Bugun Angren shahar hokimligida Asosiy Qonunimiz qabul qilinganligining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir va bayram konserti oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbirda Angren shahar hokimi yigʻilganlar timsolida angrenliklar va shahrimiz mehmonlarini KONSTITUTSIYA kuni bilan qutladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oʻttiz yilligi munosabati bilan Angren shahrining ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan shahar faollarining bir guruhi shahar hokimining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
Taqdirlanganlar orasida "Oʻzbekkoʻmir" AJ bosh direktorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Neʼmat Dushayev ham bor.
Tadbir Angren shahar madaniyat boʻlimi sanʼatkorlarining bayram konserti namoyishi bilan yakunlandi.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish