Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Nashr qilingan sana: 16.10.2025 19:06:27“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati O‘quv markazida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Jamiyat tasarrufidagi filiallarda faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar davlat tili me’yorlari, hujjatlar bilan ishlash madaniyati hamda rasmiy uslub qoidalari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Seminar jarayonida ishtirokchilar diktant yozish, amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish orqali o‘z savodxonligini oshirishdi. Mazkur tadbir davlat tilida ish yuritish madaniyatini yanada yuksaltirish, sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qildi.

Oxirgi yangiliklar:
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish