Davlat xaridlarida narxlarni sun’iy oshirishga qarshi yangi mexanizm joriy etilmoqda
Nashr qilingan sana: 06.07.2026 09:37:33

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘RQ–1155-son qonun bilan davlat xaridlari sohasida narxlarning asossiz oshirilishining oldini olish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar kiritildi.
Xususan, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 33-moddasiga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, davlat xaridlarida sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar narxi hamda ularning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasidagi eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan tafovutni belgilash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Endilikda davlat buyurtmachilari davlat xaridlarini amalga oshirishda boshlang‘ich narxni shakllantirish bo‘yicha belgilangan talablarga rioya qilishi shart (Manba: https://uza.uz/posts/877902).
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, davlat xaridi predmetining boshlang‘ich narxi va uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasida yo‘l qo‘yiladigan tafovutning eng ko‘p miqdoriga nisbatan belgilangan talabni buzish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solinadi. Mazkur o‘zgartishlar davlat xaridlarida boshlang‘ich narxlarni bozor narxlariga mos va asosli shakllantirish, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash hamda xarid jarayonlarida ochiqlik va mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Qonunga muvofiq, davlat xaridlarida tovar va xizmatlarning o‘rtacha bozor narxini aniqlash, narxlar o‘rtasidagi eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan chegarani belgilash hamda ushbu jarayon ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik: yangi talablar
Joriy yilning 21-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Markaziy dispetch...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I yarim yillik faoliyati yakunlari va galdagi ustuvor vazifalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Manzil: O‘zMTRK “Toshkent” tel...
O'qish