"Eng namunali ma’naviyat xonasi” tanlovining Angren shahar bosqichi o‘tkaziladi.
Nashr qilingan sana: 24.09.2022 22:54:12Korxona va muassasalarda xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ma’naviyatini, kasbiy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, mustaqil dunyoqarashini boyitish, ularga mustaqillik g‘oyalarini singdirishga oid barcha ishlarni muvofiqlashtirib borish dolzarb sanaladi. Mazkur masalaga aloqador shaxslarni uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda shu asosda jamoani bir g‘oya atrofida birlashtirishga doir imkoniyatlarni kengaytirish, “Ma’naviyat xonasi”ni muayyan umumiy talablar va tavsiya etilgan andoza asosida tashkil etish ham muhimdir.
Shu maqsadda tashkil etilayotgan "Eng namunali ma’naviyat xonasi” tanlovida "O‘zbekko‘mir" AJJning quyidagi filiallari ishtirok etadi:
▪️ "Angren ko‘mir koni" filiali
▪️"Shaxta usulida ko‘mir qazib olish" filiali
▪️"Avtomobil-texnoligik transporti" filiali
▪️"Qurilish montaj ishlari" filiali
▪️"Temir yo‘l qurilishi" filiali
“Eng namunali Ma’naviyat xonasi” ko‘rik-tanlovi yakuni 21 oktyabr ‒ O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun arafasida yakunlanadi va g‘oliblar munosib rag‘batlantiriladi.
Oxirgi yangiliklar:
Murojaatlar bilan ishlash: ochiqlik va samaradorlik ustuvor
Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi...
O'qish
Yashil makon: biz ekkan teraklar ko‘kka cho‘zar bo‘y
Xabaringiz bor, mamlakatimizda haftaning har payshanba kuni rahbar va yoshlar kuni sifatida belgilangan. Joriy yilning 3-aprel kuni “Oʻzbekkoʻmir” AJda ana shu an’ana “Ya...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: xarid tizimi to‘liq yangilanadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini yanada ochiq, tushunarli va samarali qilish maqsadida xalqaro konsalting kompaniyasi – KPMG tomonidan keng qamr...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: 2026-yil yanvar–mart yakunlari va transformatsiya jarayonlari
#Infografika “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026-yil yanvar–mart oylari yakunlari hamda jamiyatda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari h...
O'qish