“Eng yaxshi ixtirochi” tanlovida ishtirok eting!
Nashr qilingan sana: 15.05.2025 19:19:57“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining “Eng yaxshi ixtirochi” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida” 145-sonli buyrug‘i qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Innovasion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 6-iyuldagi qaroriga asosan qabul qilingan ushbu buyruq bilan quyidagi asosiy jihatlar belgilab qo‘yildi:
▪️ Ishchi guruh: “O‘zbekko‘mir” AJ bo‘yicha 2026-yilga rejalashtirilgan 10 ta innovasion loyihani ishlab chiqishda ishtirok etgan xodimlarning taklif qilgan loyihalarini ko‘rib chiqish, loyihalarning texnik-iqtisodiy samaradorligini baholash, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan eng munosib loyihalarni tanlab olish hamda tanlov g‘oliblarini aniqlash va ularni rag‘batlantirish uchun Jamiyat bosh direktorining birinchi o‘rinbosari O.Ismailov raisligida 13 kishidan iborat ishchi guruh tashkil etildi.
▪️ Loyihalarni ko‘rib chiqish: kelib tushgan loyihalar har oyning uchinchi jumasi kuni Markaziy dispetcherlik markazi binosida ko‘rib chiqiladi.
Taklif etilayotgan loyihalar quyidagi mezonlar inobatga olingan holda baholanishi ko‘zda tutilgan:
▪️ Ishlab chiqarishda ilgari qo‘llanilmagan innovasion yechimlarni o‘z ichiga olishi;
▪️ Asosiy e’tibor ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirishga va takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
▪️ Qisqa muddatda va kam xarajat bilan ishlab chiqarishga tatbiq etilishi;
▪️ Jamiyat filiallaridagi mavjud muammolarga samarali yechim bo‘lishi';
▪️ Ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga yo‘naltirilgan va iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lishi;
▪️ Jamiyat uchun qo‘shimcha daromad keltirishi;
▪ ️Ishlab chiqarish jarayonida xomashyo, energiya va boshqa resurslarni tejashga yordam berishi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi:
▪️ 1-o‘rin sohibiga – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 15 barobari miqdorida;
▪️ 2-o‘rin sohibiga – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 barobari miqdorida;
▪️ 3-o‘rin sohibiga – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 8 barobari miqdorida.
▪️ Tanlov davomiyligi: mazkur tanlovga loyihalar joriy yilning 31-iyul kunigacha qabul qilinadi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Angren konchilari haqida Rossiya jurnalida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasining xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnalida (2025 yil oktabr, №4) jurnalist Diana Andreevaning “Ular qorong‘ulikda ishlaydilar” sarlavhal...
O'qish
Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi bilan tanishuv
Mahalliylashtirish markazi vakillari “O‘zbekko‘mir” AJ Tog‘-kon transport uskunalarini ta’mirlash zavodi filialida bo‘lishdi. Mehmonlar korxonaning ishlab chiqari...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassisi maqolasi xalqaro jurnalda
Rossiya Federatsiyasida nashr etiladigan xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnali (№5)ning 2025-yil oktabr ssonida sahifarida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorli...
O'qish
Bugun yurtimizda – “Milliy liboslar kuni”
Bugun yurtimizda – “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati xodimlari ham ushbu an’anaga hamohang tarzda ishga milliy l...
O'qish