Eski, asossiz videolavha tarqatishdan maqsad nima?
Nashr qilingan sana: 29.11.2022 06:20:06Isitish mavsumi boshlanganni munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda koʻmir taʼminoti bilan bogʻliq asossiz xabar va vdiyeolavhalar koʻpaymoqda.
10 noyabr kuni ertalab "Oʻzbekkoʻmir" AJning telegramdagi botiga Xorazm viloyati Bogʻot tumanidagi koʻmir omborida aholiga moʻljallangan yoqilgʻi mahsulotiga tuproq qoʻshib sotilayotgani aytilgan videolavha kelib tushgan edi.
Ushbu lavha oʻrganilganida, uning mutlaqo asossizligi aniqlandi. Yaʼni, omborga koʻmir olishga kelgan mahalliy fuqarolardan ikki kishi koʻmir omborining ikkinchi eshigi avtoulovlar kirib-chiqishida tartibsizliklarga sabab boʻlayotgani uchun, texnika yordamini tuproq surib toʻsib qoʻyilganini oʻzicha koʻmirga tuproq qoʻshilayotganida gumon qilgan va holatni tasvirga olib, mahalliy telegram guruhlariga joylagan. Oradan biron hafta oʻtib-oʻtmay ushbu videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketdi.
Kecha, 28 noyabr kuni ushbu lavha xorijiy telegram kanalida yana eʼlon qilinibdi. Vaholanki, bu haqida lavhadagi holatning asossiz ekanligi haqida rasmiy axborot berilgan edi.
Unutmang, videolavhadagi maʼlumotlar soʻrab-surishtirilmay, oʻrganilmay ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilishi jamoatchilikda notoʻgʻri fikr uygʻotadi, pirovardida aholini koʻmir bilan taʼminlash jarayonlariga salbiy taʼsir qiladi.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish