Fargʻona viloyati: koʻmir taʼminoti barqarormi?
Nashr qilingan sana: 15.12.2022 06:08:54Fargʻona viloyatida joriy yil kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy sohalar uchun 316 ming 142 tonna koʻmir yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Uning 155 ming tonnasini mahalliy hamda 80 ming tonnasini import qilinadigan koʻmir mahsuloti tashkil etadi.
Ayni kunlarda mavsumdagi mavjud muammolarni hal etish, ijtimoiy obyektlar va aholi xonadonlarini tabiiy gaz, elektr-energiya bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda. Gaz yetib bormagan hududlardagi aholiga ehtiyojlari asosida suyultirilgan gaz va koʻmir mahsulotlari yetkazilmoqda. Bugungi kunga qadar viloyatda ijtimoiy sohalarga 81 ming 142 tonna koʻmir yetkazib berildi. Hududlar kesimida 8 ta koʻmir ombori faoliyat koʻrsatib, bir kunda oʻrtacha 1,5-2 ming tonnaga yaqin koʻmir mahsulotlari isteʼmolchilarga tarqatilmoqda.
Mavsum boshidan buyon mahallalar kesimida aholiga 89 ming tonnadan ziyod mahalliy koʻmir yetkazib berildi. Oʻz navbatida olis va borish qiyin boʻlgan hududlarga, xususan, Soʻx tumani, Fargʻona tumanining "Shohimardon", Beshariq tumanidagi "Vorrux dasht" hamda Rishton tumanidagi "Choʻngʻara" mahalla fuqarolar yigʻini aholisiga 7 ming tonnadan ziyod mahsulot arzon narxlarda yetkazildi.
– Mavsum uchun oilamiz ehtiyojidan kelib chiqib, 0,5 tonna koʻmir olganmiz, – deydi Yozyovon tumanidagi Xonobod qishlogʻida yashovchi Ahliddin Mirzamatov.
Mahalla fuqarolar yigʻini raisi Bahodir Yusupovning maʼlum qilishicha, hududdagi qariyb 300 ta oilaga belgilangan miqdordagi koʻmir toʻliq va oʻz vaqtida yetkazib berilgan.
M.Sulaymonov,OʻzA
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish