Har bir murojaat nazoratda bo‘ladi
Nashr qilingan sana: 03.04.2026 17:49:28Mamlakatimizda aholi bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2026-yil 1-apreldagi farmoni asosida Prezident Xalq qabulxonasining tashkil etilishi bu borada mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi.
Ushbu hujjatning asosiy maqsadi odamlarning murojaatlarini tez, adolatli va ortiqcha ovoragarchiliklarsiz hal qilishdan iboratdir. Chunki bugun murojaatlar ko‘paygan, odamlar esa o‘z muammosiga aniq yechim kutayapti. Yangi tizim shu jihatdan qulaylik yaratadi: har bir murojaat ro‘yxatga olinadi, nazoratga qo‘yiladi va uning natijasigacha kuzatib boriladi.
Bu o‘zgarishlar nafaqat davlat idoralari, balki davlat ulushi bor korxonalar uchun ham muhim. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ham shular jumlasidan. Korxona iste’molchilar bilan ishlaydigan yirik tizim sifatida murojaatlarga yanada jiddiy yondashishi talab etiladi. Ya’ni, Xalq qabulxonalari orqali kelgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammoni cho‘zmasdan hal qilish va natijasini ta’minlash asosiy vazifalardan biriga aylanadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, jamiyatimizda murojaatlar bilan ishlash tizimi o‘tgan yillar davomida shakllanib, muayyan tajriba to‘plangan. 2025-yil davomida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1531 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 1468 tasi jismoniy shaxslar, 63 tasi esa yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keladi. Murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etilgani, ya’ni 1237 tasi bo‘yicha aniq yechim topilgani, 219 ta holatda tushuntirish berilgani, faqat 75 ta murojaat rad etilgani esa bu jarayonda qonuniylik va adolat tamoyillariga amal qilinganini ko‘rsatadi.
Murojaatlar mazmuniga e’tibor qaratilsa, asosiy qismi homiylik va moddiy yordam (587 ta), ko‘mir ta’minoti (299 ta), mehnat munosabatlari (150 ta) hamda ish haqi masalalari (72 ta) bilan bog‘liq ekani ko‘rinadi. Shuningdek, boshqa turli masalalar bo‘yicha 415 ta murojaat kelib tushgan. Virtual qabulxona orqali kelgan 296 ta murojaat esa fuqarolar elektron imkoniyatlardan ham faol foydalanayotganini ko‘rsatadi.
Ayni paytda jamiyatimizda Telegram orqali fuqarolar bilan muntazam onlayn muloqotlar ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa muammolarni tezkor aniqlash, ularga o‘z vaqtida munosabat bildirish va joyida hal qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Endilikda mazkur farmon talablaridan kelib chiqib, bu tizim yanada takomillashib, yangi bosqichga chiqishi shubhasiz. Ya’ni murojaatlar bilan ishlash nafaqat tezkor, balki yanada samarali va tizimli bo‘ladi.
Yana bir muhim jihat shundaki, farmonda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlariga ham vazifalar berilgan. Endilikda ular Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda hududda murojaatlar bilan ishlash holatini yoritib boradi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlarning ko‘rib chiqilishiga oid e’tirozlarni o‘rganadi. Bu esa ular faoliyatining samaradorligi ko‘rsatkichlarida aks etadi.
Bir so‘z bilan aytgada, farmon davlat va odamlar o‘rtasidagi aloqani yanada kuchaytiradi. Bunda davlat ulushi bo‘lgan yirik korxonalarning faol ishtiroki esa har bir murojaat ortida turgan inson manfaatini ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz.
Ne’mat Dushayev,
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati rahbari
Oxirgi yangiliklar:
“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi”
2026-yil 1-mayga qadar mamlakatimizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida keng ko‘lamli targ‘ibot va tushuntirish is...
O'qish
Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv o'tkkazildi
Joriy yilning 7-aprel Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining Qozog‘istondagi vakili Alim Smakov jamiyatda uchrashuv o‘tkazdi. “O‘zbekko‘mir” AJ MDP binosida o‘tkazilgan...
O'qish
“Shuhrat” medali – fidoyi mehnat e’tirofi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini muko...
O'qish
Ko‘mir sanoati xodimlari mehnatining yuksak e’tirofi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi Vatanimizning...
O'qish