Ishchi-xodimlari farzandlariga o‘quv qurollari topshirildi
Nashr qilingan sana: 18.08.2025 18:11:43Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan "O‘zbekko‘mir" AJ ishchi-xodimlari farzandlariga o‘quv qurollari va maktab sumkalari topshirildi
.jpg)
2025/2026 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan "O‘zbekko‘mir" aksiyadorlik jamiyati hamda Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodimlarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish, ularning farzandlarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash maqsadida xayrli tashabbus amalga oshirildi
.jpg)
Mazkur tadbir doirasida jamiyat filiallarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning maktab yoshidagi farzandlariga o‘quv qurollari to‘plami va sifatli maktab sumkalari topshirildi. Berilgan o‘quv anjomlari farzandlar uchun zarur bo‘lgan barcha asosiy vositalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bu tashabbus "O‘zbekko‘mir" AJ va Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining xodimlarga va ularning oilalariga bo‘lgan chuqur e’tiborini, ijtimoiy mas’uliyatini yana bir bor yaqqol namoyon etdi
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Seminar: korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash choralari kuchaytirilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, qonunchilikdagi o‘zgartishlarni xodimlarga tushuntirish va...
O'qish
Murakkab hududlarda bozor mexanizmi: aholi ko‘mirsiz qolmasligi uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
Ko‘mir sanoatiga bozor mexanizmlarining joriy etilishi va aholini ko‘mir bilan ta’minlashga tadbirkorlik sub’yektlarining jalb qilinishi respublikamizning olis va borish...
O'qish
MAHALLIY KO‘MIR MAHSULOTLARINING YANGI ULGURJI NARXLARI
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir konida qazib olinadigan ko‘mir mahsulotlarining ulgurji narxlari (QQS bilan) qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika tova...
O'qish
Brifing: ko‘mir ta’minotida yangi tizim: aholi uchun tanlov va raqobat imkoniyati kengaymoqda
Respublikamizda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari, jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan hudud...
O'qish