Ishchi xodimlari uchun Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi
Nashr qilingan sana: 03.02.2026 14:57:32“Oʻzbekkoʻmir” AJ maʼmuriyati hamda Birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarning dam olishi va madaniy hordiq chiqarishini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” dasturi doirasida 20 nafar ishchi-xodim uchun Toshkent shahriga sayohat tashkil etildi

Mazkur sayohat davomida ishtirokchilar poytaxtimizning tarixiy va zamonaviy diqqatga sazovor maskanlari, madaniyat va sanʼat obʼyektlari bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tadbir xodimlarning maʼnaviy hordigʻini chiqarish, mehnatga boʻlgan munosabatini yanada mustahkamlash hamda jamoada ijobiy muhitni shakllantirishga xizmat qildi
“Oʻzbekkoʻmir” AJ maʼmuriyati hamda Birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan kelgusida ham xodimlar uchun shunday ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarni muntazam tashkil etib borish rejalashtirilgan.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik: yangi talablar
Joriy yilning 21-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Markaziy dispetch...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I yarim yillik faoliyati yakunlari va galdagi ustuvor vazifalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Manzil: O‘zMTRK “Toshkent” tel...
O'qish