Jamoa shartnomasi mazmun-mohiyati mehnat jamoalariga yetkazilmoqda
Nashr qilingan sana: 23.07.2026 12:33:36“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan yangi Jamoa shartnomasi mazmun-mohiyatini mehnat jamoalariga keng targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlar joriy yilning 23-iyul kuni jamiyatning “Angren ko‘mir koni” va “Transport” filiallarida filial rahbariyati, xodimlar bilan ishlash bo‘limlari mas’ullari hamda kasaba uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ishchi-xodimlarga Jamoa shartnomasi va unga kiritilgan yangi bandlar, mehnatni muhofaza qilish, ijtimoiy kafolatlar, qo‘shimcha imtiyozlar, moddiy rag‘batlantirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi, Jamoa shartnomasining amaldagi ijrosi yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.
Jamoa shartnomasi ish beruvchi bilan mehnat jamoasi o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikning muhim huquqiy hujjati bo‘lib, unda xodimlarning mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy huquqlarini himoya qilish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnatni muhofaza qilish, ijtimoiy kafolatlar hamda qo‘shimcha imtiyozlarni ta’minlashga qaratilgan muhim normalar mustahkamlangan.
Mazkur targ‘ibot tadbirlari har bir xodimning Jamoa shartnomasida belgilangan huquq va kafolatlardan to‘liq xabardor bo‘lishini ta’minlash, mehnat munosabatlarida ochiqlik va ijtimoiy sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan mazkur Jamoa shartnomasi joriy yilning 17-aprel kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati mehnat jamoasining umumiy hisobot-yig‘ilish konferensiyasida qabul qilindi. Hujjat barcha xodimlar uchun qulay foydalanish maqsadida alohida kitob shaklida chop etilib, jamiyat ijro apparati hamda barcha filiallarga tarqatildi.
Nodira G‘ANIEVA,
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi ish boshqaruvchisi
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Toshkent – Samarqand yangi avtomagistrali qurilishiga tamal toshi qo‘yildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi yangi avtomobil yo‘li qurilishiga tamal toshi qo‘yish maros...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining 2026-yil I yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining 2026-yil I yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda...
O'qish
Ommaviy sport: sog‘lom jamoa – yuksak natijalar garovi
Bugungi kunda mamlakatimizda aholi, ayniqsa mehnat jamoalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish davlat siy...
O'qish