Janubiy Koreya delegatsiyasi Angren ko‘mir konida
Nashr qilingan sana: 13.03.2025 01:18:38
2025-yil 12-mart kuni Janubiy Koreyaning KOMIR, KIGAM va SOAM kampaniyalari delegatsiyalari “O‘zbekko‘mir” AJ mutaxassislari bilan uchrashdi. Uchrashuvda foydali qazilmalar va geologik ofatlar uchun integratsiyalashgan boshqaruv tizimini yaratish va KOICA loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Koreyalik hamkorlar ko‘mir konidagi xavfli geologik jarayonlarni tahlil qilish, xavflarni avtomatlashtirilgan onlayn tizimda kuzatish va minimallashtirish, hamda ko‘chish jarayonlarini monitoring qilish bo‘yicha takliflar bildirdilar.
“Geologiya qidiruv ekspeditsiyasi” filiali rahbari To‘lqinjon Abdujalilov delegatsiyaga ko‘mir konidagi ishlar haqida ma’lumot berdi. Mehmonlar qatlamlar, tuzilish va qazib olish jarayonidagi ko‘chkilar haqida savollariga javoblar oldilar.
KOMIR va KIGAM vakillari “Angren” ko‘mir koni yaqinidagi Jigariston qo‘rg‘oni hududiga tashrif buyurib, bu yerda 1991-yildagi ko‘chki sodir bo‘lgan joyni hamda mazkur konning shimoliy qismidagi ko‘chkilarni ham ko‘zdan kechirdilar.
Koreya tashkilotlari haqida qisqacha ma’lumot:
KOICA ‒ 1991-yilda tashkil etilgan, rivojlanish yordami dasturlarini amalga oshiruvchi agentlik. 2024-yilda O‘zbekiston bilan 300 million AQSh dollarlik 29 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
KOMIR ‒ mineral resurslarni ta’minlash va yopilgan konlarni rekultivatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi davlat korporatsiyasi.
KIGAM ‒ geologiya va mineral resurslar sohasida tadqiqotlar olib boradi.
Qutlug‘ Teshaboyev,
“O‘zbekko‘mir” AJ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va davlat-xususiy sherikchilikni
rivojlantirish департаменти бошлиғи

Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJ: xarid tizimi to‘liq yangilanadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xarid jarayonlarini yanada ochiq, tushunarli va samarali qilish maqsadida xalqaro konsalting kompaniyasi – KPMG tomonidan keng qamr...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: 2026-yil yanvar–mart yakunlari va transformatsiya jarayonlari
#Infografika “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026-yil yanvar–mart oylari yakunlari hamda jamiyatda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari h...
O'qish
Konferensiya: Jamoa shartnomasi ijrosi muhokama qilindi
2026-yilning 17-aprel kuni Unda jamiyat tizimidagi korxonalardan saylangan delegatlar, jamiyat rahbariyati, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, mutaxassislar hamda...
O'qish
Brifing: iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026-yilning yanvar–mart oylarida iste’molchilarga 1 million 782,6 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi. Bu boradagi reja 1...
O'qish