Kasaba uyushmasi mehnatni muhofaza qilish vakillari o'qitildi
Nashr qilingan sana: 23.12.2025 18:00:06“O‘zbekko‘mir” AJ tizimidagi filiallarda saylangan kasaba uyushmasining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘quv seminarini “O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A.M. Kayumov ochib berdi. U o‘z nutqida ushbu o‘quv yig‘ilishining asosiy maqsadi — kasaba uyushmasining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha saylangan vakillarini amaldagi qonunchilik talablari asosida zarur bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlashdan iborat ekanini alohida ta’kidladi.
O‘quv seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Neft-gaz va geologiya vazirligi Respublika Kengashi mehnat texnik inspektori Saidmahmudov Saidnosir Saidqosimovich, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Erbutaev Sobir Rahmonovich so‘zga chiqib, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda seminar ishtirokchilarining savollariga batafsil javob berdilar.

O‘quv seminari yakunlariga ko‘ra, kasaba uyushmasining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha saylangan 73 nafar vakiliga belgilangan tartibda guvohnomalar topshirildi hamda faol qatnashgan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari berildi.


Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
“Глобус: геология и бизнес” jurnalida Angren konchilari haqida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasida chop etilаdigan “Globus: geologiya i biznes” xalqaro jurnalining 2025-yil dekabr sonida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga bag‘...
O'qish
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida XABARNOMA
“O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 28-noyabrdagi yig‘ilish qaroriga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-y...
O'qish
Brifing: “O‘zbekko‘mir” AJda korrupsiyaga qarshi islohotlar va amaliy ishlar
Ayni kunlarda mamlakatimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi davom etmoqda. Ushbu oylik BMT Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq...
O'qish