Ko'mir mahsulotini saqlash talablariga rioya qiling
Nashr qilingan sana: 06.12.2022 07:42:32"Zoʻr TV" telekanalining “Bu kun” informatsion dasturida Samarqand viloyati Toyloq tumani xalq taʻlimi boʻlimiga qarashli umumtaʻlim maktablarining ayrimlari yaxshi isitilmayotgani, xususan, kuz-qish mavsumi uchun yetkazib berilgan koʻmir mahsulotining sifati xususida tanqidiy lavha eʻlon qilindi.
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Axborot xizmati ushbu telelavhada koʻtarilgan masalani oʻrganib chiqib quyidagilarni maʼlum qiladi:
Samarqand viloyati byudjet tashkilotlariga 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumi 46 ming 940 tonna mahalliy koʻmir yetkazib berish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 30 ming 764 tonnasi viloyat xalq taʻlimi tizimidagi muassasalar ulushiga toʻgʻri keladi. Ushbu mahsulot tegishli taʻlim muassasalariga joriy yilning iyun oyida toʻliq yetkazib berilgan.
Toyloq tumani xalq taʻlimi boʻlimi tizimidagi muassasalarga ajratilgan jami 1 ming 535 tonna koʻmir mahsuloti tuman xalq taʻlimi boʻlimi taʻminotchisi X.Hamitov tomonidan uning nomiga berilgan ishonchnomalar asosida “Koʻmir taʻminot” MCHJ Samarqand filialiga qarashli Jomboy va Samarqand hududiy koʻmir omborlaridan olib ketilgan.
Tuman xalq taʻlimi boʻlimi taʻminotchisining koʻmir mahsulotlari miqdori va sifatiga hech qanday eʻtirozi yoʻqligi toʻgʻrisida kafolat xatlari taqdim qilingan.
Maʻlumot uchun, respublika byudjet tashkilotlariga berilgan mahalliy koʻmir 2BR markali boʻlib, fraksiyasi – 0-300 mm ni, kulchanligi ‒ 17 foiz, namligi ‒ 40 foiz, tarkibida uchrashi mumkin boʻlgan togʻ jinslari ‒ 3 foizni tashkil etadi.
Angren koʻmir koniga tegishli qoʻngʻir koʻmir qattiqlik darajasi boʻyicha 4-shkalada boʻlib, nisbatan yumshoqlik xossasiga ega. Shundan kelib chiqib, uning oʻz inkubatsiya davri va saqlash talablariga rioya qilish lozim. Har qanday koʻmir ochiq havoda qolsa, taxminan 20 kundan keyin oʻz xususiyatlarini yoʻqota boshlaydi va koʻmir qurib, uqalanib ketishi mumkin.
Shu boisdan respublika isteʼmolchilariga qattiq yoqilgʻining sifati buzilmasligi uchun uni xarid qilib olganidan soʻng, maxsus omborlarda, quyoshning nuri tushmaydigan, usti yopiq joylarda saqlash tavsiya etilgan.
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish