Kömir ta’minoti: tadbirkorlar bilan hamkorlik va amaliy kömak
Nashr qilingan sana: 06.11.2026 11:00:41“Özbekkömir” AJ tomonidan aholiga kömir yetkazib beriş jarayonida joriy etilgan yangi tartibni samarali taşkil etiş maqsadida kömir mahsulotlarini xarid qiluvçi tadbirkorlar bilan doimiy muloqot olib borilmoqda. Xususan, ular bilan individual tartibda işlanib, elektron platformada işlaş, buyurtmalarni rasmiylaştiriş va mahsulot harakatini hisobga oliş bilan boğliq masalalarda amaliy yordam körsatilmoqda.
Şuningdek, tadbirkorlar iştirokida Zoom platformasi orqali onlayn muloqotlar taşkil etilib, ular davomida jarayonda yuzaga kelayotgan savollar, tuşunmovçiliklar va muammolar atrofliça muhokama etilayotir. Tadbirkorlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan zarur tuşuntirişlar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etiş çoralari körilmoqda.. Platformadan foydalanişda aniqlangan texnik nosozliklar esa tegişli mutaxassislarga yetkazilib, ularni bartaraf etiş böyiça hamkorlik yölga qöyilgan.
Xabaringiz bor, joriy yildan boşlab Vazirlar Mahkamasining 418-son qarori asosida aholiga kömir yetkazib beriş tizimida yangi tartib joriy etildi. Uşbu tartibda kömir mahsulotlarini realizatsiya qiliş jarayonini raqamlaştiriş, savdo-sotiqda şaffoflikni ta’minlaş hamda iste’molçilar uçun qulay şart-şaroit yaratişga alohida e’tibor qaratilgan.
Bunda “mycoal.uz” elektron platformasi muhim örin tutadi. Mazkur platforma orqali aholi uyidan çiqmagan holda kömirga buyurtma berişi, tadbirkorlarning takliflari, mahsulot narxi va yetkazib beriş şartlari bilan tanişib, öziga ma’qulini tanlaşi mumkin.
Yangi tartibga muvofiq, birja savdolarida aholiga möljallangan kömirni xarid qilgan tadbirkorlar mahsulot hajmi, sotiş narxi va yetkazib beriş şartlari töğrisidagi ma’lumotlarni elektron platformaga joylaştiradi. Aholidan kelib tuşgan buyurtmalar asosida mahsulot yetkazib beriladi. “Özbekkömir” AJ esa birja savdolarida xarid qilingan kömirni belgilangan tartibda yuklab jönatiş hamda öz vakolati doirasida ta’minot jarayonini taşkil etiş vazifalarini amalga oşiradi.
Hozirda Farğona, Namangan, Toşkent, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida yangi tartib asosida işlarni taşkil etiş borasida muayyan natijalarga erişilmoqda. Ayrim hududlarda esa tadbirkorlarga qöşimça tuşuntiriş va amaliy kömak beriş zarurati mavjud. Şu bois jamiyat tomonidan hududlar bilan doimiy aloqa örnatilgan holda iş olib borilmoqda.
Albatta, yangi tizimning samarali işlaşida nafaqat tadbirkorlarning, balki aholining ham elektron platforma imkoniyatlaridan xabardorligi muhim. Şuning uçun joylarda mycoal.uz platformasining afzalliklari, undan foydalaniş tartibi va aholi uçun yaratilgan qulayliklar böyiça tuşuntiriş-tarğibot işlarini yanada kuçaytiriş maqsadga muvofiq.
“Özbekkömir” AJ tomonidan tadbirkorlar bilan hamkorlikni mustahkamlaş, ularni qiynayotgan masalalarga öz vaqtida yeçim topiş, kömir mahsulotlarini belgilangan tartibda yuklab jönatiş va ta’minot jarayonining uzluksizligini ta’minlaş böyiça amaliy işlar davom ettirilmoqda. Zero, asosiy maqsad − tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda yaşovçi aholini isitiş mavsumi davomida kömir bilan öz vaqtida va yetarli miqdorda ta’minlaş uçun mavjud imkoniyatlarni töliq safarbar etişdir.
Xojiakbar JUMABOYEV,
“Özbekkömir” AJ Marketing va mahsulot yetkazib beriş boşqarmasi boş mutaxassisi
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish