Korrupsiyaga qarshi izchil kurash – shaffoflik va taraqqiyot garovi
Nashr qilingan sana: 22.01.2026 09:55:08O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. 2025 yil davomida ushbu sohada huquqiy-me’yoriy baza yanada mustahkamlandi, 2026 yil boshida esa islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu jarayonlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va tizimli islohotlari asosida izchil amalga oshirilmoqda.
2025 yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida korrupsiya masalasiga alohida to‘xtalib, amalga oshirilgan ishlar chuqur tahlil qilindi. Ushbu murojaatda korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlanib, 2026 yil “korrupsiyaga qarshi kurashishda dolzarb yil” deb e’lon qilindi. Bu esa barcha davlat organlari va tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘ydi hamda qonunchilik ijrosining ahamiyatini yanada oshirdi.
2025-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etildi. Xususan, Prezidentimizning “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 21-aprelda qabul qilingan PQ–147-son qaroriga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining mustaqilligi ta’minlandi, ularning vakolatlari kengaytirildi. Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tizimi amaliyotga keng joriy etilib, deklaratsiya to‘ldirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Davlat xaridlari va shartnomaviy munosabatlarda majburiy komplayens ekspertizasi kuchaytirilib, shaffoflik ta’minlandi.
Jori yilda islohotlarning amaliy natijadorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Davlat organlari va yirik korxonalarda korrupsiyaga qarshi dasturlar yangilandi, raqamlashtirish va avtomatlashtirish jarayonlari kengaytirildi, inson omilini kamaytirishga qaratilgan elektron tizimlar joriy etildi. Jamoatchilik nazorati va ochiq ma’lumotlar hajmini oshirish bo‘yicha ishlar ham davom etmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJda 2025-yilda komplayens tizimini mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Ichki nazorat bo‘linmalari faoliyati kuchaytirilib, filiallarda mas’ul xodimlar belgilandi. Manfaatlar to‘qnashuvi deklaratsiyalari tahlil qilinib, xavfli holatlar bartaraf etildi. Barcha xo‘jalik shartnomalari komplayens ekspertizasidan o‘tkazilib, shaffoflik ta’minlandi. Shuningdek, profilaktika tadbirlari orqali xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllantirildi.
Kelgusida komplayens tizimini yanada raqamlashtirish, korrupsiyaviy xavflarni baholash mexanizmlarini takomillashtirish, kadrlar tanlovida ochiqlikni kuchaytirish va jamoatchilik nazoratini kengaytirish “O‘zbekko‘mir” AJning ustuvor vazifalari sifatida belgilangan.
Xulosa qilib aytganda, so‘nggi yillarda qonunchilik islohotlari va amaliy chora-tadbirlar korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bu esa shaffof boshqaruv va barqaror rivojlanishning muhim kafolatidir.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Fotosuratlarda: O‘zbekko‘mir AJ “Angren ko‘mir koni” filialida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida o‘tkazilgan tadbirdan lavhalar
.jpg)
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Xalqaro forum: sanoat taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar
2026-yil 16-iyun kuni Toshkent shahrida o‘z ishini boshlagan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim voqea bo‘ldi. Duny...
O'qish
“Ovozli chat”da qanday masalalar muhokama qilinmoqda?
Fuqarolar va xodimlarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarga tezkor munosabat bildirish hamda joylardagi muammolarni aniqlash maqsadida “O‘z...
O'qish
Muhim minerallar sanoatini rivojlantirish vazifalari belgilandi
2026-yil 15-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muhim minerallar xomashyo bazasini kengaytirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ish...
O'qish
Aksiyadorlar diqqatiga: aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida XABARNOMA “O‘zbekko‘mir” AJ Kuzatuv kengashining 2026-...
O'qish