Manfaatlar to‘qnashuvini yashirganlikka javobgarlik bor
Nashr qilingan sana: 05.04.2024 04:57:43#Antikorrupsiya
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korxonalarida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida navbatdagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Har qanday jamiyatda qonun ustuvor bo‘lmog‘i lozim, shaxsiy manfaatlar ustun kelsa tanish-bilishchilik, tamagirlik, poraxo‘rlik kabi korrupsiya holatlari ildiz otib, odamlarda bugungi, balki ertangi kunga ishonchi yo‘qoladi. Bunday jamiyat inqirozga yuz tutadi, hayot og‘irlashib ketadi.
“Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi filialida korrupsiyaga qarshi immunitet va murosasizlikni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan davra suhbatida yuqoridagi fikrlar alohida ta’kidlab o‘tildi.
Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati rahbari E.Amanov boshqarib borgan tadbirda 2023 yilning 1 yanvaridan mehnat shartnomasiga kiritilgan qo‘shimcha kelishuvning mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, yig‘ilganlarga manfaatlar to‘qnashuvi, pora olish, pora berish va pora olish va berishda vositachilik qilishning ayanchli huquqiy oqibatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Davlat xizmatchilari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi lozimligi, bu bo‘yicha javobgarlik mavjudligi uqdirib o‘tildi.
“Moddiy-texnik ta’minot” filialida tashkil etilgan davra suhbatida davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar xususida alohida so‘z yuritildi. Qonunchilikda davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari to‘g‘risidagi axborotning shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, adolatli raqobatni va qarorlar qabul qilish chog‘ida xolisona mezonlardan foydalanilishini ta’minlash, davlat elektron savdolarining samarali ishlashini ta’minlash muhimligiga e’tibor qaratildi.
Bugungi kunda davlat tashkilotlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yish o‘ta muhim vazifa hisoblanadi. Bu borada rahbar va ishchi xodimlarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari to‘g‘risida xabar qilish majburiyati mavjud. Davlat organlari xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart.
“Qurilish-montaj ishlari” filialida o‘tkazilgan tadbirda ana shu va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha qator masalalar yuzasidan tushuntirishlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Ne’mat Dushaev,
Axborot xizmati rahbari
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Xavotirga o‘rin yo‘q: ko‘mir zaxirasi yetarli
#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Denov va Boysun tumanlaridagi ko‘mir omborlarida sun’iy navbatlar yuzaga kelgani haqida videolavhalar tarqaldi. Holat y...
O'qish
Bir yurt, bir niyat: farg‘onaliklar Angren konchilari bilan yelkadosh
“Angren” ko‘mir konida konchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi nomidan dasturxon yozilib, mehnatkash k...
O'qish
O‘zbek tili bayrami: amaliyot va ma’naviyat uyg‘unligi
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Har yili 21 oktabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami” sifatida keng nisho...
O'qish
Angren konchilari haqida Rossiya jurnalida maqola chop etildi
Rossiya Federatsiyasining xalqaro “Глобус: геология и бизнес” jurnalida (2025 yil oktabr, №4) jurnalist Diana Andreevaning “Ular qorong‘ulikda ishlaydilar” sarlavhal...
O'qish