Milliy liboslarimizni ardoqlaylik
Nashr qilingan sana: 26.09.2025 14:41:59
Men uchun milliy libos – bu oddiy kiyim emas, balki o‘zligimizni ifoda etuvchi, yuragimizga milliy ruh bag‘ishlovchi iftixor manbaidir. Har bir millatning yuzi, qiyofasi uning liboslarida ham aks etadi. Biz milliy kiyimlarimiz orqali o‘tmish bilan kelajakni tutashtiramiz, o‘z an’analarimizga va qadriyatlarimizga hurmatimizni ko‘rsatamiz.
Albatta, ish payti xavfsizlik talab etiladigan sohalarda maxsus kiyim-kechak zarur. Masalan, konlarda yoki shaxtalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz uchun kaska, maxsus etik va kombinizon hayotiy zaruratdir. Lekin maxsus forma talab etilmaydigan joylarda ko‘proq milliy liboslarda yurishimiz kerak. Bu qulay, shu bilan birga milliy qadriyatlarimizga ham hurmat ko‘rsatgan bo‘lamiz.
Men shaxsan do‘ppini kundalik bosh kiyim sifatida doim kiyib yuraman. Chunki do‘ppi – faqat mato emas, u milliy iftixorimizni anglatib turadi. Sharoiti va mavsumiga qarab boshqa milliy kiyimlarimdan ham foydalanaman. Oilamizda ham milliy liboslar ardoqlanadi.
Ishxonamizda esa har juma kuni o‘tkazilayotgan milliy liboslar aksiyasi tobora kengayib bormoqda. Xodimlarimiz ushbu tashabbusga faol qo‘shilishmoqda. Ayniqsa, idora xodimlarida milliy liboslarni kiyish odatga aylanayotgani meni juda xursand qiladi.
Quvonarlisi, Jamiyatning boshqa filiallari ham bu aksiyada ishtirok etmoqda. Bu esa milliy qadriyatlarimizning targ‘ibotiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.
Afsuski, milliy liboslarimiz – do‘ppi, chopon yoki boshqa kiyimlar ko‘pincha faqat to‘y va marosimlardagina kiyila boshlagan edi. Lekin bugun targ‘ibot tadbirlari natijasida ular yana milliy iftixorimizga aylanmoqda. Chunki milliy libos bizning o‘zligimiz, an’analarimiz va qadriyatlarimizni anglatib turadi.
Menimcha, milliy liboslarimizni ko‘proq kiyishimiz zarur. Chunki millatimizga, tariximizga va kelajagimizga bo‘lgan hurmatimizdan ana shu milliy liboslarimizdan boshlanadi.
Jumaboy Xudoyberdiyev,
“Ko‘mir ta’minot” MCHJ Sirdaryo viloyati filiali rahbari
Oxirgi yangiliklar:
27 TA XIZMAT AVTOMOBILI HARAKATLANMADI, 848 KUB METR GAZ TEJALDI
Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini kamaytirish va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltiris...
O'qish
SPORT – SOG‘LOM JAMOA VA YUQORI NATIJALAR GAROVI
Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu bejiz e...
O'qish
G‘OYANGIZ BORMI? UNDA TANLOVDA IShTIROK ETING!
Ko‘mir sanoati doimiy izlanish, yangilanish va innovatsion yondashuvlarni talab qiladigan sohalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish samaradorligini oshi...
O'qish
JAMOATCHILIK KENGASHI A’ZOLIGIGA OCHIQ TANLOV E’LON QILINADI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga a’zolarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi. ℹ️ Tanlov maqsadi: Jamiyat faoliyati ustidan jamoatchi...
O'qish