Murojaatlar eʼtibordan chetda qolmaydi
Nashr qilingan sana: 04.04.2023 05:21:07"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatining Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash boʻlimiga har kuni isteʼmolchilardan isitish mavsumida koʻmir bilan taʼminlash yuzasidan murojaatlar kelib tushadi. Boʻlimga ariza yuborayotganlar orasida mahalliy koʻmir sanoati korxonalariga ishga joylashish istagida boʻlganlar ham koʻp. Har bir murojaat koʻrib chiqilishi va iloji boricha odamlar manfaati koʻzda tutilishi lozim.
2023 yilning birinchi choragida murojaatlar boʻlimiga 253 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, shundan 142 tasi ijobiy hal etilgan, 30 ta murojaat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan, 80 ta murojaat rad etilgan. Hozirgi vaqtda isitish davri deyarli tugagani sababli, bu boradagi murojaatlar ancha kam boʻlib, chorak davomida ulardan 12 tasi roʻyxatga olingan, ammo bandlik bilan bogʻliq savollar koʻp – 167 ta.
Ish bilan taʼminlanish, bu insonning toʻlaqonli mavjudligining eng muhim jihati. Doimiy ishga joylashish bugungi kunda dolzarb boʻlib, bu masala birinchi navbatda, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan, zarur ish tajribasiga ega boʻlmagan yoshlarni tashvishga solmoqda. Bundan tashqari, tegishli malaka va ishlab chiqarishda tajribasi bor, ammo ishsiz fuqarolarda ham bu masala qiziqish uygʻotadi. "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati korxonalarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari rasmiy veb-sayt va telegram kanali hamda guruhlarimizda bu haqida zarur maʼlumotlar berib borilmoqda.
Chorak davomida koʻmirni oʻz vaqtida va yetarli miqdorda olgan isteʼmolchilar biz bilan bogʻlanib, buning uchun minnatdorchilik bildirishgani sohamiz xodimlariga mamnuniyatlik bagʻishlaydi. Ayniqsa, Surxondaryo viloyatidan eng koʻp minnatdorchilik bildirildi – ushbu hudud aholisi ham isteʼmolchilarimizdan biri sanaladi. Masalan, fuqarolar SH.Rahmonov, O.Karimov, A.Donayev, T.Qurbonov, X.Mahmudov, A.Toʻraxonovlar oʻz vaqtida yetkazib berilgan sifatli koʻmir uchun angrenlik konchilarga minnatdorchilik bildirdi. Namangan viloyatidan U.Akbarova, Z.Ortiqov, D.Karimova, R.Mavlanova, B.Masaidov va boshqalar ham jamiyatimiz faoliyatidan mamnunligini izhor etdilar.
Ayni paytda ishda murojaatlar bilan ishlashda muammolar ham yoʻq emas. Oʻz muammolarini hal etish maqsadida ayrimlar isteʼmolchilar va fuqarolar yuqori organlarga murojaat qiladilar va bu oʻz navbatida ortiqcha ovoragarchiliklar keltirib chiqaradi.
Bir misol keltirsam, nafaqadagi fuqaro farzandi buldozer mashinistining maoshidan norozi boʻlib, oʻgʻli bilan maslahatlashib, korxona rahbariyatiga murojaat qilish oʻrniga Prezident portaliga chiqqan. Vaholanki, murojaatdagi masalani shu yerning oʻzida hal etish mumkin va imkoni bor edi. Aksiyadorlik jamiyati murojaatlar boʻlimida 78 148 30 03 raqamli "Ishonch telefoni" mavjud boʻlib, u orqali istalgan savolni berish, murojaat qilish mumkin.
Bundan tashqari jamiyatning har bir filialida ijro apparati va uning tarkibida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash mutaxassislari mavjud. Agar sizda muammolar boʻlsa, lekin ularni oʻzingiz hal qila olmasangiz, mutaxassisga ogʻzaki yoki yozma ravishda murojaat qiling. Va biz sizga yordam beramiz.
Qutlugʻ TESHABAYEV,
"Oʻzbekkoʻmir" AJ ijro apparati fuqarolar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori N.U. Dusmatovninhg bayram tabrigi
Hurmatli konchilar va ko‘mir sanoati faxriylari! Qadrli hamkasblar! Barchangizni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman. Mana, 2001 yildan buyon maml...
O'qish
Milliy liboslar bayramlarda ayniqsa yarashadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida haftaning har jumasi ‒ “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. Bu galgi “Milliy liboslar” chellenji Konchilarni...
O'qish
Konchilar mehnati e’tirof etildi
18-may – O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan 16-may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida kasb bayramiga bag...
O'qish
“Eng yaxshi ixtirochi” tanlovida ishtirok eting!
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining “Eng yaxshi ixtirochi” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida” 145-sonli buyrug‘i qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezi...
O'qish