Oila fayzi, jamoa tayanchisiz, aziz ayollar!
Nashr qilingan sana: 08.03.2026 06:27:11Qadrli va muhtaram opa-singillar!
Yurtimizga nafosat, mehr va iliqlik olib kiruvchi go‘zal bahor ayyomi – 8 mart, Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Siz – aziz konchi xotin-qizlarimizni samimiy muborakbod etamiz.
Bugun jamiyatimizda ming nafardan ziyod konchi xotin-qizlar turli kasb va lavozimlarda faoliyat yuritmoqda. Ularning ko‘mir qazib olish va iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlaridagi faol ishtiroki butun jamoamiz uchun ibratdir.
Jamiyatimizda xotin-qizlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy himoyasini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. U bilan birga mehnat sharoitlarini yaxshilash, malaka oshirish imkoniyatlarini yaratish, homilador va yosh bolali ayollar uchun yengillashtirilgan mehnat sharoitlarini joriy etish, sog‘lomlashtirish va dam olish sharoitlarini tashkil etish kabi chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Fursatdan foydalanib, moʻtabar onaxonlarimiz va muhtaram opa-singillarimizni bahor ayyomi bilan yana bir bor qutlab, ularga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Oilada mehr-oqibat va fayz-barokat manbai, jamoada esa fidoyi mehnat va mas’uliyat timsoli bo‘lgan aziz ayollarimiz doimo sog‘-salomat bo‘lishsin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz opa-singillar!
Hurmat bilan,
Abdunosir Qayumov,
Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi

Oxirgi yangiliklar:
Ayollar qudrati: temiryo‘l xizmati va jasorat
Angren ko‘mir sanoati korxonalarida ayollar mehnati alohida o‘rin tutadi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining yirik transport tarmoqlaridan biri hisoblangan “Tem...
O'qish
Biz sizdan minnatdormiz, aziz konchi opa-singillar!
Ayol zoti borki, ular mehr va nazokat bilan hayotimizni bezaydi. Qadrli opa-singillar! Sizlarni yurtimizda keng nishonlanadigan bahor, go‘zallik va mehr-muhabbat ba...
O'qish
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJning “QMI” filialida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni “O‘zbekko‘mir” AJ Birlashgan k...
O'qish