Ommaviy axborot vositalari jurnalistLari va blogerlar diqqatiga!
Nashr qilingan sana: 24.09.2026 14:04:58
“O‘zbekko‘mir” AJ “Angren ko‘mir koni”ga press-tur tashkil etmoqda.
2026-yil 25-sentabr kuni ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist hamda blogerlar uchun “O‘zbekko‘mir” AJning “Angren ko‘mir koni”ga press-tur tashkil etiladi.
Press-tur davomida ishtirokchilar quyidagilar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:
‒ ko‘mir qazib olish, saralash va yuklash jarayonlari;
‒ zamonaviy texnika va texnologik uskunalardan foydalanish;
‒ ko‘mir sanoatida ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish;
‒ Vazirlar Mahkamasining 418-sonli qarori asosida ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar.
Barcha qiziqqan jurnalist va blogerlarni ushbu matbuot taddiriga taklif qilamiz.
Yo‘lga chiqish vaqti: 25 sentabr, soat 08:00
Yig‘ilish joyi: Toshkent shahri, “Paxtakor” metro bekati
Yo‘nalish: Angren shahri, “Angren ko‘mir koni”
Press-tur ishtirokchilari uchun “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan xizmat avtobusi ajratiladi.
Hamkorligingiz uchun minnatdorlik bildiramiz.
Oxirgi yangiliklar:
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari!
Hurmatli “O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari! Sizni Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga taklif etamiz. 📅 Sana: 25.09.2026...
O'qish
Rossiya kasaba uyushmasi delegatsiyasi “O‘zbekko‘mir” AJda bo‘ldi
2026-yil 23-sentabr kuni Rossiya Mustaqil ko‘mir sanoati xodimlari kasaba uyushmasi delegatsiyasi “O‘zbekko‘mir” AJga tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad ikki to...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJ filiallari uchun intellektual va rahbarlik salohiyatiga ega kadrlarni tayyorlash bo‘yicha navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘...
O'qish