“Otam, onam, men – sportchi oilamiz!”
Nashr qilingan sana: 31.10.2025 15:48:01

“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan an’anaviy “Otam, onam, men – sportchi oilamiz!” spartakiadasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdaa korxona tarkibidagi filiallardan 14 ta oilaviy jamoa qatnashdi. Ular orasida “Angren ko‘mir koni” filiali (2 ta jamoa), “Apartak ko‘mir koni”, “Shaxta usulida ko‘mir qazib olish”, “Temir yo‘l transporti” (2 ta jamoa), “Avtotransport va texnologiya transporti” (2 ta jamoa), “Energetika tarmoqlari” “Tog‘-kon uskunalarini sozlash zavodi”, “Moddiy-texnik ta’minot va ijtimoiy soha”, “Qurilish-montaj ishlari”, “Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi” hamda “Kapital qurilish” filiallari vakillari bor. .
Tantanali ochilish marosimida Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Abdunosir Qayumov va bosh hakam Elvira Yusupova ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, barchalariga omad va g‘alaba tiladilar.
Bellashuvlar qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Oilalar o‘zaro estafeta poygasi, tennis raketkasi va sharik bilan yugurish, to‘pni darvozaga va basketbol savatiga tushirish, sakrash hamda arqon tortish kabi sport turlarida o‘zaro bellashdilar. Jarayon qiziqarli va g‘alaba hayqiriqlar, hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi.
Yakunda g‘oliblar nomi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, “Energetika trmoqlari”filiali jamoasi – M. Ibragimov oilasi mutlaq g‘olib deb topildi va 1-o‘rin berildi.
Ikkinchi o‘rinni “Angren ko‘mir koni” filiali ikkinchi jamoasi – F. Abdukarimova oilasi, uchinchi o‘rinnni esa “Moddiy-texnika ta’minoti va ijtimoiy soha” filiali jamoasi – A. Botirov oilasi egalladi.
G‘oliblarga kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
– Musobaqa juda qiziqarli bo‘ldi. Ilgari jamiyatdagi musobaqalarda yakka tartibda qatnashardim. Bu gal turmush o‘rtog‘im Uyg‘un aka va 7-sinfda o‘qiydigan o‘g‘lim Begzodjon bilan oilaviy ishtirok etib ham zavq oldik ham mukofot va olqishlar... Jismoniy imkoniyatlarimizni oilaviy sinovdan o‘tkazish imkoniyatini yaratib bergan tashkilotchilarga katta rahmat. Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda bunday sport o‘yinlarining foydasi ko‘p, – deydi spartakida g‘olib sportchi oila vakilasi Feruza Abdukarimova.
Dinara ISLAMOVA
.jpg)

Oxirgi yangiliklar:
27 TA XIZMAT AVTOMOBILI HARAKATLANMADI, 848 KUB METR GAZ TEJALDI
Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini kamaytirish va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltiris...
O'qish
SPORT – SOG‘LOM JAMOA VA YUQORI NATIJALAR GAROVI
Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu bejiz e...
O'qish
G‘OYANGIZ BORMI? UNDA TANLOVDA IShTIROK ETING!
Ko‘mir sanoati doimiy izlanish, yangilanish va innovatsion yondashuvlarni talab qiladigan sohalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish samaradorligini oshi...
O'qish
JAMOATCHILIK KENGASHI A’ZOLIGIGA OCHIQ TANLOV E’LON QILINADI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga a’zolarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi. ℹ️ Tanlov maqsadi: Jamiyat faoliyati ustidan jamoatchi...
O'qish