O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Nashr qilingan sana: 21.10.2026 16:08:14Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu tarixiy sana milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni ulug‘lashda alohida ahamiyat kasb etadi.
Ona tilimiz — xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniy merosi va milliy tafakkurini o‘zida mujassam etgan bebaho boylik. Uni asrab-avaylash, rivojlantirish va davlat tilining nufuzini yuksaltirish barchamizning mas’uliyatli vazifamizdir.
− Yangi alifbo, xususan, “sh” va “ch” kabi harf birikmalari bilan bog‘liq noqulayliklarni kamaytirish, elektron hujjatlar va axborot tizimlarida yozuvni qulaylashtirishga xizmat qiladi. O‘zgarishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, mavjud hujjatlar va moddiy resurslardan oqilona foydalanish ham muhim ahamiyatga ega.
“O‘zbekko‘mir” AJ tizimida ham davlat tilida ish yuritishni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2026-yilning III choragi yakunlariga ko‘ra, jamiyatda davlat tili masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar tayinlanib, tegishli vazifalar belgilandi. 5-iyundagi 254-sonli buyruq asosida tizim korxonalari, boshqarma va bo‘limlarda hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilida yuritish nazoratga olindi.
Jamiyatning barcha fildiallaridagi 500 dan ortiq peshlavha va xizmat xonalari nomlari lotin yozuvida qayta tayyorlanib, o‘rnatildi. Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘quv kurslarida to‘qqiz nafar muhandis xodim malaka sertifikatlarini oldi. Shuningdek, 12 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirga 1 ming 740 nafar ishchi-xodim qamrab olindi. Elektron hujjat almashinuvi platformasi orqali yuritilgan 1 ming 479 ta hujjat davlat tili me’yorlariga muvofiqligi jihatidan tekshirildi.
Davlat tilining nufuzini yuksaltirish, ish yuritish madaniyatini takomillashtirish va zamonaviy talablar asosida savodli hujjat yuritish jamiyatimiz faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.
Barchangizni 21-oktyabr − O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklaymiz! Ona tilimizning nufuzi yanada yuksalib, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy merosimizni kelgusi avlodlarga yetkazish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz bardavom bo‘lsin!
Davron Abdurahmonov,
"O‘zbekko‘mir" AJ Bosh direktorining maʼnaviyat va davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi
Oxirgi yangiliklar:
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish