“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatining 2025-yil 7 oylik asosiy ko‘rsatkichlari
Nashr qilingan sana: 07.08.2025 19:38:39.jpg)
2025 yilning yanvar-iyul oylari davomida “O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan qator ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha ijobiy dinamikaga erishildi.
Jumladan, kon ustki qismini ochish ishlari umumiy 19 mln 108,1 kub metr hajmda bajarildi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 132,9 foiz o‘sishni tashkil etdi.
Shu jumladan:
– temir yo‘l transporti orqali — 3 mln 527,8 kub m (o‘sish 132,0 foiz),
– avtomobil transporti orqali — 15 mln 580,2 kub m (o‘sish 133,0 foiz).
Shuningdek, joriy yilning o‘tgan 7 oyi mobaynida jami 3 mln 460,8 ming tonna mahalliy ko‘mir qazib olindi, bu o‘tgan yilga nisbatan 110,2 foiz o‘sishni tashkil etdi.
Qazib olish hajmlari bo‘yicha:
– “Angren” konida — 3 mln 21,8 ming tonna (o‘sish 111,7 foiz),
– “Apartak” konida — 403,6 ming tonna (o‘sish 100,9 foiz),
– shaxta usulida — 35,3 ming tonna (o‘sish 97,9 foiz).
Shu bilan birga, 2025 yil yanvar-iyul oylarida kaolin qazib olish hajmi 265,2 ming tonnagateng bo‘ldi.
Iste’molchilarni ko‘mir bilan ta’minlash bo‘yicha natijalar ijobiy. Yetti oy mobaynida jami 3 mln 145,6 ming tonna ko‘mir ortib yuborildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 101,8 foiz o‘sishni tashkil etdi.
Hisobot davrida iste’molchilarga 334,8 ming tonna kaolin ortib yuborildi (o‘sish sur’ati 107,3 foiz).
“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan ko‘mir qazib olish va iste’molchilarga yetkazib berish jarayonlari bo‘yicha barcha ishlar belgilangan reja asosida, uzluksiz va samarali tarzda amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik: yangi talablar
Joriy yilning 21-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Markaziy dispetch...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I yarim yillik faoliyati yakunlari va galdagi ustuvor vazifalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Manzil: O‘zMTRK “Toshkent” tel...
O'qish