“O‘zbekko‘mir” AJ: I yarim yillikda murojaatlar soni 5,1 foizga kamaydi.
Nashr qilingan sana: 15.07.2026 11:21:22“O‘zbekko‘mir” AJ: I yarim yillikda murojaatlar soni 5,1 foizga kamaydi
2026-yilning birinchi yarim yilligida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga 262 ta murojaat kelib tushdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 taga kam bo‘lib, murojaatlar soni 5,1 foizga qisqarganini ko‘rsatadi.
Bu haqida 2026-yil 15-iyul kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida jamiyat Axborot xizmati rahbari Ne’mat Dushayev ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, murojaatlar sonining kamayishi fuqarolar bilan ishlash tizimi samaradorligining oshgani, sayyor qabullarning muntazam tashkil etilayotgani, murojaatlarni joyida o‘rganish hamda profilaktik tushuntirish ishlarining tizimli olib borilayotgani bilan bog‘liq.
Brifingda murojaatlarning asosiy qismi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mehnat munosabatlari, ish haqi va ko‘mir mahsulotlari ta’minotiga oid masalalar hissasiga to‘g‘ri kelishi qayd etildi.
Jumladan, homiylik va moddiy yordam bo‘yicha 118 ta, mehnat munosabatlari bo‘yicha 61 ta, ish haqi masalalari yuzasidan 35 ta, ko‘mir mahsulotlari ta’minoti bo‘yicha 8 ta hamda rahbar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari bo‘yicha 2 ta murojaat kelib tushgan.
Shuningdek, jamiyatda murojaatlar bilan ishlashning ochiq va zamonaviy mexanizmlari izchil takomillashtirilayotgani ta’kidlandi. Xususan, Telegram platformasida har oy ovozli chat shaklida ochiq muloqotlar tashkil etilib, fuqarolarning savollariga mas’ul rahbarlar va mutaxassislar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob qaytarish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani ma’lum qilindi.
Brifingda ma’lum qilinishicha, hisobot davrida kelib tushgan murojaatlarning 224 tasi yoki 85,8 foizi ijobiy hal etilgan, 24 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan, 1 ta murojaat asosli ravishda rad etilgan, qolgan murojaatlar esa belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan.
Shu bilan birga, hisobot davrida murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarining buzilishi, murojaatlarni asossiz qoldirish yoki nazoratdan chetda qoldirish holatlariga yo‘l qo‘yilmagani alohida ta’kidlandi.
Brifing yakunida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar va xodimlar bilan ochiq muloqotni kengaytirish hamda har bir murojaatning qonuniy, adolatli va tezkor hal etilishini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.
Jonli efir:https://www.youtube.com/live/C-gfvhyc_QI?si=57GyDTEAx8Y1oN64
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
O‘zbek tili: an’anadan taraqqiyot sari
Har yili 21-oktyabr mamlakatimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. 1989-yilning aynan shu sanasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Ushbu t...
O'qish
Angren ko‘mir konida ona tiliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
«O‘zbekko‘mir» AJ Angren ko‘mir koni filialida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbeki...
O'qish
Iste’molchi: “Ko‘mirning sifati ham, narxi ham ma’qul, uyga yetkazib berish xizmati ham bor”
Kuz-qish mavsumi oldidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlar aholisini ko‘mir bilan ta’minlash dolzarb masalalardan biri. Namangan viloyatida bu yo‘nalishda sakkiz naf...
O'qish
Operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 14-sentabr “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida operatsion samaradorlik va mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish y...
O'qish