“O‘zbekko‘mir” AJ xalqaro ekologik ko‘rgazmada ishtirok etdi
Nashr qilingan sana: 04.06.2026 19:14:31
2026-yil 2–4-iyun kunlari Samarqand shahrida Global ekologik jamg‘armaning 8-assambleyasi hamda “Eco Expo Central Asia – 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda “O‘zbekko‘mir” AJ Ekologiya bo‘limi mutaxassislari ham faol ishtirok etdi.
Ko‘rgazma davomida atmosfera havosini muhofaza qilish, sanoat chiqindilarini boshqarish, oqova suvlarni tozalash, avtomatik monitoring tizimlari, chang-gaz tozalash uskunalari hamda ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillarini joriy etish yo‘nalishlaridagi ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishildi.
Xususan, zamonaviy avtomatik atmosfera havosi monitoring stansiyalari, sanoat korxonalari uchun mo‘ljallangan chang-gaz tozalash uskunalari, biologik oqova suvlarni tozalash texnologiyalari hamda ekologik sertifikatlash tizimlari o‘rganildi. Mutaxassislar tomonidan mazkur texnologiyalarni “O‘zbekko‘mir” AJ korxonalarida joriy etish istiqbollari yuzasidan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.
Ko‘rgazmaning muhim natijalaridan biri sifatida “O‘zbekko‘mir” AJ, “Auris Green Tech” MChJ hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum doirasida korxonalarda avtomatik statsionar sanitar kuzatuv postlari va atmosfera havosi monitoring stansiyalarini o‘rnatish hamda ularni Ekologiya vazirligining monitoring markaziga integratsiya qilish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, “O‘zbekko‘mir” AJ va Davlat ekologik ekspertiza markazi o‘rtasida ham hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ekologik me’yoriy hujjatlarni sifatli ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasidan o‘z vaqtida o‘tkazish hamda ekologik qonunchilik talablariga rioya etishni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, “Injener Texnolog Group” MChJ bilan imzolangan memorandum asosida chang-gaz tozalash uskunalarini joriy etish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik aloqalari mustahkamlandi.
Mazkur xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish natijasida “O‘zbekko‘mir” AJ korxonalarida ekologik monitoring tizimlarini rivojlantirish, atmosfera havosiga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda zamonaviy ekologik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratildi.
“O‘zbekko‘mir” AJ tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik talablar ijrosini ta’minlash va zamonaviy ekologik texnologiyalarni joriy etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish