“O‘zbekko‘mir”da davlat mukofotlari o‘z egalariga topshirildi
Nashr qilingan sana: 27.08.2026 18:25:46O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, bir guruh yurtdoshlarimiz qatorida “O‘zbekko‘mir” AJ “Transport” filiali kran mashinisti Namazov Azamat Isamatovich “Mehnat shuhrati” ordeni, shu filial buldozer mashinisti Imanov Baxodir Shakirovich esa “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan edi.
Bugun “O‘zbekko‘mir” AJda ana shu yuksak davlat mukofotlarini o‘z egalariga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda “O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori Nodirbek Dusmatov ishtirok etib, mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi hamda ularni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etdi.
Taqdirlanganlar o‘z mehnatiga bildirilgan yuksak e’tibor va rag‘bat uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida ham korxona taraqqiyoti va mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qilishlarini ta’kidladi.

Oxirgi yangiliklar:
Eng ulug‘, eng aziz bayram – mustaqillik shodiyonasi “o‘zbekko‘mir”da
Bayramni bayram qiladigan nima? Bezatilgan ko‘chalar, yangrayotgan kuy-qo‘shiqlar, dasturxonlaru shodiyonalarmi? Albatta, bularning ham o‘rni bor. Ammo bayramnin...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: ko‘mir qazib chiqarishda barqaror natijalar va yangi vazifalar
“O‘ZBЕKKO‘MIR” AJ: KO‘MIR QAZIB CHIQARISHDA BARQAROR NATIJALAR VA YANGI VAZIFALAR “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026 yil birinchi yarim yilligi yakunlariga ba...
O'qish
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish