"Qirmizi olma" qalblarni larzaga soldi
Nashr qilingan sana: 18.03.2026 15:50:08“O‘zbekko‘mir” AJning “Qurilish-montaj ishlari” filiali faollar zalida namoyish etilgan “Qirmizi olma” spektakli konchi-tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramga aylandi.

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik musiqali teatri aktyorlari tomonidan qo‘yib berilgan spektaklni jamiyatning 200 nafardan ortiq ishchi-xodimi tomosha qildi. Sahnadagi voqealar katta qiziqish, samimiyat va ko‘tarinki kayfiyat bilan qarshi olindi. Aktyorlarning mahoratli ijrosi, ta’sirchan sahna ko‘rinishlari va mazmunli g‘oyalar barchaga unutilmas taassurot bag‘ishladi.
Navro‘z ayyomi hamda Ramazon hayiti munosabati bilan tashkil etilgan ushbu madaniy tadbir jamoadagi birdamlikni yanada mustahkamlab, har bir ishtirokchiga ko‘tarinki ruh va ilhom baxsh etdi.
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyati xalqaro nashrda yoritijdi
Rossiyada nashr etiladigan “Глобус: геология и бизнес” jurnalining 2026-yil mart oyidagi sonida “Bizning ko‘mir salohiyatimiz” (“Nash ugolnыy potensial”) nomli maqola ch...
O'qish
Ustoz konchilar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi
“O'zbekko‘mir” AJ tizimida butun umrini mehnatga bag‘ishlab, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan ustoz konchilar ko‘p. 13-mart kuni...
O'qish
Maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi
“O‘zbekko‘mir” AJning “Avtomobil texnologik transporti” filialida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda yuzaga kelish...
O'qish