Qoraqalpoğistonda kömir omborlari va yetkazib beriş jarayonlari örganildi
Nashr qilingan sana: 24.11.2026 19:42:44

Qoraqalpogʻiston Respublikasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va aholi ehtiyojini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha ishlar davom etmoqda. Aholiga koʻmirni oʻz vaqtida va belgilangan tartibda yetkazib berish maqsadida hududda 10 ta tadbirkorlik subyekti jalb qilingan.
Bunda tadbirkorlar birja savdolarida “Oʻzbekkoʻmir” AJdan koʻmir mahsulotlarini xarid qilib, ularni oʻz omborlari orqali aholiga yetkazib bermoqda. Mazkur jarayonlarning holatini baholash maqsadida masʼul xodimlar tomonidan tumanlarda oʻrganish ishlari tashkil etildi.
Xususan, Ellikqalʼa, Toʻrtkoʻl, Beruniy tumanlaridagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishildi. Oʻrganishlarda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi 418-son qarori talablariga rioya etilishiga alohida eʼtibor qaratildi. Shu bilan birga, hududlardagi tadbirkorlarga koʻmirni birja orqali xarid qilish, omborlarga tashish va elektron platforma orqali aholiga sotish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.
Bugungi kunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tadbirkorlar tomonidan birja savdolari orqali 86 938 tonna koʻmir xarid qilingan. Shundan koʻmir qazib chiqaruvchi korxona tomonidan hududlarga 49 887 tonna mahalliy koʻmir ortib yuborilgan. Aholi isteʼmolichilari jumladan, gazlashtirilmagan xonadonlarda yashovchi aholi tomonidan hozirga qadar 38 266 tonna koʻmir xarid qilingan. Ayni vaqtda hududdagi omborlarda 3 893 tonna koʻmir zaxirasi mavjud boʻlib, yo‘lda 7 728 tonna koʻmir ortib yuborilgan.
ManbaЖ https://t.me/uzbekcoaluz/18704

Oxirgi yangiliklar:
KÖMIR: KONDAN ISTЕ’MOLÇIGAÇA BÖLGAN MAS’ULIYAT
KÖMIR: KONDAN ISTЕ’MOLÇIGAÇA BÖLGAN MAS’ULIYAT Qiş yaqinlaşgan sari kömirga bölgan talab ham ortadi. Ayniqsa, tabiiy gaz tarmoği yetib bormagan xonadonlar, budjet taş...
O'qish
“Mening kelajakdagi kasbim”: bitiruvçi yoşlar bilan uçraşuv ötkazildi
Davlatimiz rahbarining joriy yil 24-fevral kuni yoşlar bilan ötkazgan oçiq muloqotida belgilangan vazifalar va ilgari surilgan taşabbuslar ijrosini taʼminlaş maqsadida da...
O'qish
Barqaror rivojlaniş sari muhim qadam: “O‘zbekko‘mir” AJ ilk ESG hisobotini taqdim etdi
Bugun korxona faoliyatiga baho berişda faqat qança mahsulot işlab çiqarilgani yoki qança daromad olingani bilan çeklanilmaydi. Işlab çiqariş jarayonining atrof-muhitga ta...
O'qish