Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi
Nashr qilingan sana: 27.05.2026 10:48:16Qadrli ko‘mir sanoati xodimlari va mehnat faxriylari!
Hurmatli hamkasblar!
Sizni muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman.
Qurbon hayiti xalqimiz hayotida alohida o‘rin tutadigan, inson qalbini ezgulikka chorlaydigan, mehr-oqibat va saxovat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydigan ulug‘ ayyomdir. Ushbu muborak kunlarda yurtimizda o‘zaro hurmat, ahillik va bag‘rikenglik muhiti yanada kuchayib, inson qadri ulug‘lanmoqda.
Bugun “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining ko‘p ming sonli jamoasi yurtimiz iqtisodiy taraqqiyoti va energetika barqarorligini ta’minlash yo‘lida munosib mehnat qilmoqda. Konlarda, ishlab chiqarish maydonlarida, temir yo‘l va transport tizimida, korxona va bo‘linmalarda faoliyat olib borayotgan har bir xodimning zahmatli mehnati tahsinga loyiqdir.
Ayniqsa, murakkab va mas’uliyatli sharoitlarda o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan konchilarimizning mashaqqatli mehnati, matonati va fidoyiligi jamiyatimiz rivojining asosiy tayanchidir. Sizlarning sharafli mehnatingiz tufayli aholimiz va iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhim bo‘lgan ko‘mir mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish ta’minlanmoqda.
Qurbon hayiti insonlarni yaxshilik qilishga, bir-birini qo‘llab-quvvatlashga, saxovat va muruvvat ko‘rsatishga undaydi. Shu bois, ushbu ayyomda nuroniy otaxon va onaxonlar holidan xabar olish, ehtiyojmand insonlarga mehr ulashish kabi ezgu qadriyatlarimiz yanada keng namoyon bo‘lmoqda.
Aziz hamkasblar!
Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka va dasturxonlaringizga to‘kinlik tilayman. Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda omad hamisha hamrohingiz bo‘lsin.
Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
N.U. Dusmatov,
“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori
Oxirgi yangiliklar:
Ishga qabul jarayoni ochiq va shaffof tarzda yoritildi
Aksiyadorlik jamiyatida “Ochiqlik indeksi” talablari ijrosini ta’minlash maqsadida ishga qabul jarayonlari ochiq va shaffof tashkil etilmoqda. Jamiyatning idora qo‘riq...
O'qish
Mehnat ta’tili – xodimning qonuniy huquqi
#Huquqingizni bilasizmi? Xodimning mehnat unumdorligi uning dam olish sifati bilan bevosita bog‘liq. Shu bois mehnat qonunchiligi har bir xodimning mehnat qilishi bila...
O'qish
Infografika: “O‘zbekko‘mir” Ajda 2026-yilning I yarim yilligida murojaatlar bilan ishlash naijalarii
Infigrafika: “O‘zbekko‘mir” Ajda 2026-yilning I yarim yilligida murojaatlar bilan ishlash naijalarii
O'qish
“O‘zbekko‘mir” AJ: I yarim yillikda murojaatlar soni 5,1 foizga kamaydi.
“O‘zbekko‘mir” AJ: I yarim yillikda murojaatlar soni 5,1 foizga kamaydi 2026-yilning birinchi yarim yilligida “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatiga 262 ta muroja...
O'qish