Sharafli mehnatimiz bilan yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shaylik!
Nashr qilingan sana: 31.08.2026 19:26:54Hurmatli konchilar va mehnat faxriylari!
Aziz hamkasblar!
Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ ayyomi bilan samimiy tabriklayman.
Bugun yurtimizda xalqimiz hayotida alohida o‘rin tutuvchi, eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – Mustaqillik shodiyonasi keng nishonlanmoqda. Bu qutlug‘ sana yurtimizning bosib o‘tgan sharafli yo‘li, erishgan ulkan yutuqlari va porloq kelajagini o‘zida mujassam etgan buyuk ayyomdir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz barcha sohalarda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun yurtimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi va energetik salohiyatini mustahkamlashda ko‘mir sanoatining ham muhim o‘rni bor.
Ko‘mir sanoati sohasida mehnat qilish sharafli va mas’uliyatlidir. Yer bag‘rida, murakkab sharoitlarda fidokorona ishlayotgan konchilarimiz o‘zlarining halol xizmati bilan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar.
Ayniqsa, bugungi quvonchli kunda “O‘zbekko‘mir” AJ jamoasi vakillarining yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgani barchamiz uchun katta g‘urur va quvonchdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq, “O‘zbekko‘mir” AJ “Transport” filiali kran mashinisti Azamat Namazov “Mehnat shuhrati” ordeni, shu filial buldozer mashinisti Baxodir Imanov “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Jamiyatimizning 12 nafar xodimi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlandi.
Bu yuksak e’tiroflar ko‘mir sanoati xodimlarining mashaqqatli va fidokorona mehnatiga, ularning mamlakat iqtisodiyoti, energetik barqarorlik va soha taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasiga berilgan yuksak bahodir.
Ayni paytda mamlakatimizda energiya resurslariga bo‘lgan talab tobora ortib borayotgani ko‘mir sanoati oldiga ham yangi va mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda.
Ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojning ortishi sohaning ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish, resurslardan samarali foydalanish va iste’molchilarni sifatli mahsulot bilan barqaror ta’minlashni taqozo etmoqda.
Ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarining bosqichma-bosqich joriy etilayotgani esa sohada raqobat muhitini kuchaytirish, shaffoflik va samaradorlikni oshirish bilan bir qatorda, “O‘zbekko‘mir” AJ jamoasidan mahsulot sifati, ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat unumdorligi va iste’molchilar manfaatiga yanada katta e’tibor qaratishni talab etadi.
Biz bu jarayonni yangi imkoniyatlar davri sifatida qabul qilamiz. Oldimizda turgan asosiy vazifa – zamonaviy texnika va texnologiyalarni keng joriy etish, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, ko‘mir qazib chiqarish hajmlarini oshirish va eng muhimi, iste’molchilar ishonchini sifatli mahsulot va barqaror ta’minot bilan oqlashdir.
Ishonchim komilki, “O‘zbekko‘mir” AJning ahil, tajribali va fidoyi jamoasi oldimizga qo‘yilgan barcha vazifalarni munosib ado etib, ko‘mir sanoatining mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rnini yanada mustahkamlaydi.
Fursatdan foydalanib, barcha konchilar, ishchi-xodimlar, mehnat faxriylari va nuroniylarimizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovon hayot tilayman.
Mustaqillik bayrami har bir xonadonga quvonch va fayzu baraka olib kirsin!
Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch va xalqimiz farovon bo‘lsin!
Barchangizni eng ulug‘, eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman!
Nodirbek Dusmatov,
O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir”: mehnatga ehtirom – yuksak e’tirof
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanayotgan ayni kunlarda Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shi...
O'qish
Haftaning har jumasi – “O‘zbekko‘mir”da sport kuni
Ertalabki badantarbiya, kun davomidagi jismoniy harakat, tushlik vaqti hamda ishdan keyingi sport mashg‘ulotlari sog‘lom hayot tarzining oddiy, ammo samarali odatlaridir....
O'qish
Yangi Konstitutsiyaviy qonun: nimani bilish muhim?
2026-yil 14-avgustda qabul qilinib, shu kuni kuchga kirgan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiy...
O'qish