Shaxta usulida a’lo sifatli ko‘mir qazib olinmoqda
Nashr qilingan sana: 09.03.2025 00:08:36
.jpg)
“Shaxta usulida ko‘mir qazib olish” filiali “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi to‘ng‘ich korxonalardan biri bo‘lib, bu yerdan qazib chiqarilayotgan qattiq yoqilg‘i hech qanday begona aralashmalarsiz, sof mahsulotligi bilan ajralib turadi.
Filialda 260 nafar kishi faoliyat yuritadi. Shaxtyorlarning mehnati og‘ir va mas’uliyatli. Ular kuniga 170 tonnadan ortiq ko‘mir qazib, bir oyda 5 ming tonnadan ziyod mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
‒ Ahil jamoamiz rejalarni doimo ortig‘i bilan bajarib kelmoqda. Shunga yarasha, Jamoa shartnomasi asosida konchilarning huquq va manfaatlari ta’minlangan, ‒ deydi filial kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Rustam Norboev.
Hozirda korxonada bitta ko‘mir qazib olish uchastkasi faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, yana bir yangi kon uchastkasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Jahongir Mutalipov, Jamol Alimqulov, Alisher Maqsudov, Yodgor Sattorov va Ro‘zmat Shukurov kabi rahbar-mutaxassislar mazkur uchastka loyihasini 2020 yilda ishlab chiqqan bo‘lib, hozirda yer osti ishlari va lahm qazish ishlari jadal olib borilmoqda. Jarayonda filialga maxsus ishlov berilgan qarag‘ay yog‘ochlari olib kelinib, shaxta devor va shiftlarini mustahkamlashda foydalanilmoqda.
Korxonada eng muhim omil – intizom! Yer ostida faoliyat yuritadigan konchilar xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishlari shart. Shu sababli, har bir smena oldidan 20 daqiqalik xavfsizlik yo‘riqnomasi o‘tkaziladi. Unda tajribali va yosh konchilar birgalikda ishtirok etadi.
Mehnat jamoasida xotin-qizlar ham faoliyat yuritadi. Ular yer ustidagi turli vazifalarni bajaradilar. Zulfiya Abdieva – ana shunday fidoyi ayollardan biri. U konchilar sulolasi vakili bo‘lib, 25 yildan beri korxonada sidqidildan mehnat qilib kelmoqda. Faoliyati munosib e’tirof etilib, u xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun: “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati – O‘zbekistonda ko‘mir qazib oluvchi va yetkazib beruvchi yetakchi korxona. Uning tasarrufidagi “Angren” va “Apartak” konlarida ko‘mir ochiq usulda, shaxtada esa yopiq usulda qazib olinadi. 2024 yilda Angren konchilari ilk bor 6,8 million tonnalik marrani egalladilar. Respublika bo‘yicha bu ko‘rsatkich 8,4 million tonnani tashkil etdi. Joriy yilda respublika bo‘yicha 9 million tonna ko‘mir qazib chiqarish rejalashtirilgan.

Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik: yangi talablar
Joriy yilning 21-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Markaziy dispetch...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I yarim yillik faoliyati yakunlari va galdagi ustuvor vazifalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Manzil: O‘zMTRK “Toshkent” tel...
O'qish