Telegram botdan foydalanish qoidalarini bilasizmi?
Nashr qilingan sana: 05.05.2025 12:43:02Botlar interaktiv xizmatlarning eng ommaviy shakli bo‘lib, jamoatchilik bilan aloqada muhim rol o‘ynaydi. “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida jismoniy va yuridik shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida bir nechta botlar ishlab turibdi.
Zamonaviy texnologiyalar yordamida har kim telefon yordamida interaktiv aloqaga kirishi va savollariga tezda javob olishi mumkin. Botlar orqali fuqarolar davlat va jamoat tashkilotlari bilan oson muloqotga kira oladi.
Bot turlari: oddiy botlar: aniq savollarga javob beradi.
Ko‘p funktsiyali botlar: murojaatlarni qabul qilish, ma’lumot berish va foydalanuvchilar bilan muloqotni rag‘batlantirish kabi vazifalarni bajaradi.
Mavjud botlar: bugungi kunda Jamiyat axborot xizmati tomonidan:
@uzbekcoal_bot
@antikorrupsiya_uzcoal_bot
@Uzbekcoal_resumebot
kabi aloqa kanallari ishlab turibdi. Bu botlar fuqarolar bilan aloqani kengaytirish va ularning ehtiyojlarini aniqlashda yordam bermoqda.
Murojaatlar: botlarga kelib tushgan murojaatlar avtomatlashtirilgan tizim orqali ko‘rib chiqiladi va tegishli bo‘limlarga yo‘naltiriladi. Murojaatlar aniq va to‘g‘ri berilishi muhimdir, chunki anonim murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.
Izlanishlar: Jamiyatimizda interaktiv xizmatlarni takomillashtirish bo‘yicha izlanishlar davom etmoqda. Botlarning samaradorligini oshirish uchun foydalanuvchilardan olingan fikr-mulohazalar tahlil qilinadi va kelgusi faoliyatda ular e’tiborga olinadi.
Ilhom Bozorboyev,
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati mutaxassisi

Oxirgi yangiliklar:
27 TA XIZMAT AVTOMOBILI HARAKATLANMADI, 848 KUB METR GAZ TEJALDI
Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini kamaytirish va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltiris...
O'qish
SPORT – SOG‘LOM JAMOA VA YUQORI NATIJALAR GAROVI
Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu bejiz e...
O'qish
G‘OYANGIZ BORMI? UNDA TANLOVDA IShTIROK ETING!
Ko‘mir sanoati doimiy izlanish, yangilanish va innovatsion yondashuvlarni talab qiladigan sohalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish samaradorligini oshi...
O'qish
JAMOATCHILIK KENGASHI A’ZOLIGIGA OCHIQ TANLOV E’LON QILINADI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga a’zolarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi. ℹ️ Tanlov maqsadi: Jamiyat faoliyati ustidan jamoatchi...
O'qish