Texnik hamkorlik masalalari muhokama etildi
Nashr qilingan sana: 10.04.2025 03:01:23Joriy yilning 8 aprel kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida Rossiyaning Toshkent shahridagi “Haul Truck CA” mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda “O‘zbekko‘mir” AJ bosh muhandisi V.V. Kuznetsov hamda jamiyatning yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama texnik hamkorlikni qayta tiklash, ehtiyot qismlar va sarf materiallarni yetkazib berishdagi uzilishlarni bartaraf etish, ombor zahiralaridan samarali foydalangan holda ta’minot tizimini takomillashtirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish kabi qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikning hozirgi holati, texnik xizmat ko‘rsatishdagi mavjud muammolar, ehtiyot qismlar ta’minoti, ombor infratuzilmasi hamda dvigatel modifikatsiyasi sohalaridagi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdilar.
Asosiy e’tibor so‘nggi yillardagi ta’minot uzilishlari, texnik xizmat ko‘rsatishdagi kechikishlar hamda avval kelishilgan, biroq amalga oshirilmagan majburiyatlarning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilashga qaratildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Oxirgi yangiliklar:
Seminar: korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash choralari kuchaytirilmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati filiallarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, qonunchilikdagi o‘zgartishlarni xodimlarga tushuntirish va...
O'qish
Murakkab hududlarda bozor mexanizmi: aholi ko‘mirsiz qolmasligi uchun qanday choralar ko‘zda tutilgan?
Ko‘mir sanoatiga bozor mexanizmlarining joriy etilishi va aholini ko‘mir bilan ta’minlashga tadbirkorlik sub’yektlarining jalb qilinishi respublikamizning olis va borish...
O'qish
MAHALLIY KO‘MIR MAHSULOTLARINING YANGI ULGURJI NARXLARI
“O‘zbekko‘mir” AJ ko‘mir konida qazib olinadigan ko‘mir mahsulotlarining ulgurji narxlari (QQS bilan) qayta ko‘rib chiqilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika tova...
O'qish
Brifing: ko‘mir ta’minotida yangi tizim: aholi uchun tanlov va raqobat imkoniyati kengaymoqda
Respublikamizda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari, jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan hudud...
O'qish