Ватанимизнинг юксак мукофоти муборак бўлсин!
Nashr qilingan sana: 07.09.2021 01:28:01“Ўзбеккўмир” акциядорлик жамияти офисида “Дўстлик” ордени билан тақдирланган “Ангрен кўмир кони” филиали экскаватор машинисти Абдураим Сармановни юксак мукофот билан қутлаш маросими бўлиб ўтди.
Маросимда Бирлашган касаба уюшма қўмитаси раиси Абдуносир Қаюмов сўзга чиқди. Абдураим Сармановнинг Ватанимиз мустақиллигининг ўттиз йиллиги арафасида Президент фармони билан юксак мукофотга сазовор бўлгани заҳматкаш кончининг кўп йиллик самарали меҳнати, қолаверса, кўмир саноати ходимлари фаолиятига берилган юксак баҳо эканини алоҳида таъкидлади.
“Дўстлик” ордени соҳибига Ўзбекистон энергетика, нефт-газ ва геология ходимлари касаба уюшмаси қўмитаси республика кенгашининг фахрий ёрлиғи ҳамда эсдалик совғаси тантанали равишда топширилди.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Milliy libos – dizayner va hunarmandlarning mehnat mahsuli
“O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatida haftaning har juma kuni do‘ppi, atlas va adrasdan tikilgan kimlarda ishga chiqish odat tusiga aylandi. Bu bejiz emas. Milli...
O'qish
Zavodda "zilzila" holatidagi harakatlar sinovdan oʻtkazildi
29-iyul kuni “O‘zbekko‘mir” AJning “Tog‘ transport uskunalarini sozlash zavodi” filialida fuqarolar muhofazasi tuzilmalari, ishchi-xodimlar va volontyor qutqaruvchila...
O'qish
Korrupsiya haqida xabar berish – xavf emas, mas’uliyat
Siz boshlang – sizning ortingizdan boshqalar ham ergashadi. Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Korru...
O'qish
O‘quv markazi – milliy liboslar bilan
Milliy liboslar kuni munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi O‘quv markazi jamoasi ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va bugungi ish kun...
O'qish