Yong‘in xavfsizligi oyligi davom etmoqda
Nashr qilingan sana: 25.11.2022 06:05:01"2022-yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha "Yongʻin xavfsizligi oyligi" oʻtkazish toʻgʻrisida "Oʻzbekkoʻmir" AJ bosh direktorining 451-son buyrugʻi qabul qilindi.
Joriy yilning shu davriga qadar viloyat hududida 839 ta yongʻinlar sodir boʻlganligi oqibatida, 18 nafar fuqaro turli xildagi tan jarohati olgani va 11 nafar fuqaroning vafot etish holatlari qayd etilgan.
Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, sodir boʻlgan yongʻinlarning asosiy qismi aholi yashash uylariga toʻgʻri kelib, ushbu koʻngilsizliklar fuqarolar tomonidan yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida kelib chiqmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olib, "Oʻzbekkoʻmir" AJ filiallari hududida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻin bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyati hokimining 2022-yil 14-noyabr sanasidagi 412-10-0-F/22-sonli Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida "Oʻzbekkoʻmir" AJ bosh direktorining qabul qilingan buyrugʻiga koʻra:
1. "Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida 2022-yil 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar "Yongʻin xavfsizligi oyligi" oʻtkaziladi.
2. "Oʻzbekkoʻmir" AJ barcha filiallar rahbarlariga:
2.1. Oʻzlari rahbarlik qilayotgan korxona va tashkilotlar hamda muassasalarda yongʻin xavfsizligi qoidalari boʻyicha barcha xodimlar yoʻriqlashdan oʻtkazish;
2.2. Bino va inshoatlarda yongʻin xavfsizligi holati ichki komissiya tomonidan oʻrganib chiqilishi va aniqlangan nuqsonlarni zudlikda bartaraf etish;
2.3. Ichki buyruq asosida, yongʻinlar sodir boʻlganda ishchi-xodimlarni toʻgʻri harakat qilishga maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish orqali amaliy koʻnikmalari oshirish;
2.4. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yongʻinlar bilan boʻgʻliq favqulodda vaziyatlarda tezkorlik bilan bartaraf etish hamkorlikdagi rejalariga aniqliklar kiritish yuklatildi.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish