“O‘ZBЕKKO‘MIR” AJ: KO‘MIR QAZIB CHIQARISHDA BARQAROR NATIJALAR VA YANGI VAZIFALAR
Nashr qilingan sana: 26.08.2026 12:59:06“O‘ZBЕKKO‘MIR” AJ: KO‘MIR QAZIB CHIQARISHDA BARQAROR NATIJALAR VA YANGI VAZIFALAR
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida 2026 yil birinchi yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Jamiyatning hisobot davridagi ishlab chiqarish natijalari, ko‘mir sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi bozor mexanizmlari hamda 2026/2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari xususida axborot berildi.
Tadbir O‘zMTK “Toshkent” telekanali studiyasida tashkil etilib, to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi. Matbuot anjumanida “O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktori Nodirbek Dusmatov Jamiyatning joriy yil birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari, erishilgan natijalar va istiqboldagi vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Bugungi kunda energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortib borayotgani ko‘mir sanoati oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Ko‘mir nafaqat aholini, balki iqtisodiyotning qator tarmoqlarini yoqilg‘i bilan ta’minlashda muhim resurs hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan “O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatida ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bilan birga mahsulot sifatini ta’minlash, iste’molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish va ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Jamiyatning 2026 yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatiga nazar tashlansa, asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarida barqaror natijalar qayd etilganini ko‘rish mumkin. Hisobot davrida kon yuzasini ochish ishlari 14,8 million kub metrni tashkil etib, prognoz ko‘rsatkichi 100 foiz bajarildi.
Shu davrda 2 million 202,5 ming tonna ko‘mir qazib chiqarildi. Iste’molchilarga yetkazib berilgan ko‘mir hajmi esa 2 million 885,5 ming tonnani tashkil qildi. Bu belgilangan prognoz ko‘rsatkichining 107,1 foizga bajarilganini anglatadi.
Ishlab chiqarish hajmlari bilan bir qatorda resurslardan samarali va tejamkor foydalanishga ham e’tibor kuchaytirildi. Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar natijasida 409,9 tonna dizel yonilg‘isi tejalib, qariyb 6 milliard so‘m iqtisodiy samaraga erishildi.
Sohada zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish ishlari ham izchil davom ettirilmoqda. Xususan, MyCoal.uz elektron platformasi, avtomatlashtirilgan dispetcherlik tizimi, ASKUE va boshqa axborot tizimlaridan foydalanish ko‘lami kengaytirilmoqda. Bu esa ish jarayonlarini yanada shaffof va samarali tashkil etish, ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish hamda boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ishlab chiqarishning barqarorligi, avvalo, malakali kadrlarga bog‘liq. Shu bois Jamiyatda xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yilning birinchi yarim yilligida 263 nafar xodim malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida ochiqlik va jamoatchilik bilan muloqot masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Hisobot davrida Jamiyatga 262 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 85,8 foizi ijobiy hal etilgan. Jamiyat faoliyatiga oid ma’lumotlarni jamoatchilikka yetkazish maqsadida matbuot anjumanlari va brifinglar tashkil etilmoqda, rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda muntazam axborotlar berib borilmoqda.
Matbuot anjumanida ko‘mir sanoatida bozor tamoyillarini joriy etish bilan bog‘liq yangiliklar ham keng muhokama qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 30 iyuldagi 418-son qarori bilan ko‘mir sanoatida bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, raqobat muhitini shakllantirish va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari belgilangani ta’kidlandi.
Yangi tizimda ko‘mir savdosida birja mexanizmlari va MyCoal.uz elektron platformasi muhim o‘rin egallaydi. Bu jarayon, bir tomondan, sohada raqobat va shaffoflikni kuchaytirsa, ikkinchi tomondan, iste’molchilar uchun ko‘mir xarid qilish jarayonini yanada qulaylashtirishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, bozor mexanizmlariga o‘tish “O‘zbekko‘mir” AJning aholi va budjet tashkilotlarini ko‘mir bilan ta’minlashdagi mas’uliyati pasayadi, degani emas. Jamiyat zimmasida belgilangan hajmdagi ko‘mirni kafolatlangan tarzda qazib chiqarish va yetkazib berish, mahsulot sifatini ta’minlash, belgilangan muddatlarda yuklab jo‘natish hamda zarur zaxiralarni shakllantirish kabi muhim vazifalar saqlanib qoladi.
Yangi tizimda aholi uchun ham qulay imkoniyatlar yaratiladi. Xususan, fuqarolar MyCoal.uz elektron platformasi orqali ko‘mirga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishi, buyurtma berishi va o‘zlariga qulay omborni tanlashi mumkin bo‘ladi. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga xarid qilingan har bir tonna ko‘mir uchun 300 ming so‘mdan, bir kalendar yilida 600 ming so‘mdan oshmagan miqdorda kompensatsiya to‘lanishi ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda Jamiyat oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — 2026/2027 yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish.
Mavsumda respublika bo‘yicha 11 million tonna ko‘mir qazib chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 7 million tonnasi “O‘zbekko‘mir” AJ hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish, texnika va texnologiyalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash, zarur zaxiralarni o‘z vaqtida shakllantirish va mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni talab etadi.
Yilning ikkinchi yarmida tanna
Oxirgi yangiliklar:
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish