Andijon viloyati hududiy koʼmir omborlariga press-tur tashkil etildi
Nashr qilingan sana: 21.12.2023 07:31:55Andijon viloyati hududiy koʻmir omboriga press-tur tashkil etildi
21 dekabr kuni “Koʻmir taʼminot” MCHJ Andijon viloyati filiali hududiy koʻmir omborlariga press-tur tashkil etildi.
"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyati tomonidan Andijon viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda yigirmadan ortiq OAV vositalari jurnalistlari va blogerlar ishtirok etdi.
Andijon viloyatida aholi va byudjet tashkilotlari ehtiyojlariga 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun jami 242,1 ming tonna mahalliy koʻmir mahsulotlarini yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Shu kungacha "Koʻmir taʼminot," MCHJ hududiy koʻmir omborlari orqali aholi va byudjet tashkilotlariga jami 208,2 ming tonna (85,9%), shundan aholi uchun 171,6 ming tonna (84,9%), ijtimoiy soha obʼektlari uchun 10,2 ming tonna (98%), DXSH tadbirkorlariga 26,4 tonna (88,0%) tarqatildi. Hozirda omborlarda 3144 tonna koʻmir zaxirasi mavjud.
"Koʻmir taʼminot" MCHJ Andijon viloyati tasarrufida 8 ta hududiy koʻmir ombori faoliyat koʻrsatmoqda.
Tadbir davomida ishtirokchilar Asaka tumani koʻmir omborida boʻlib, bu yerda xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar, koʻmir tarqatish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
Shu kuni viloyat savdo-sanoat palatasi faollar zalida aholi va byudjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlari bilan taʼmilash mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
"Oʻzbekkoʻmir" AJ matbuot kotibi Neʼmat Dushayev, Andijon viloyati hokimligi matbuot kotibi Muslimbek Ibrohimov hamda "Koʻmir taʼminot" MCHJ Andijon viloyati filiali direktori Azizbek Usmanov ishtirokidagi tadbirda "Oʻzbekkoʻmir" AJ va "Koʻmir taʼminot" MCHJ viloyat filiali tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berilib, jurnalistlar va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.
Oxirgi yangiliklar:
Onlayn muloqot oʻtkaziladi
📣Diqqat, e'lon! Joriy yilning 26-avgust kuni, soat 12:00 "O‘zbekko‘mir" AJda sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda fuqarolarning murojaatlarini tingl...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi yangi qoidalar: endi nimalarga e’tibor berish kerak?
Xabaringiz bor, korrupsiyaga qarshi kurashishda talablar yanada kuchaytirildi. 2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qars...
O'qish
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish