Konchilar diktant yozdi
Nashr qilingan sana: 19.10.2023 02:09:11"O'zbekko'mir" AJning O'quv markazi binosida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbir doirasida dastlab ishchi-xodimlar o‘rtasida diktant yozish tanlovi, davlat tiliga doir bilimlar bo‘yicha sinov o‘tkazildi.
– Oxirgi marta maktab davrida diktant yozganman, – deydi "E va TT" filiali xodimi Ilhom Bozarboyev. – Ona tili va adabiyotiga qiziqqanim bois, doim undan a’lo baho olardim. Bunga ancha yillar bo‘lgandi. Bugun o‘zimni qayta sinab ko‘rdim. Yoshlikda olgan bilim baribir xotirada qolarkan. Hamkasblarimiz orasida birinchi o‘rinni oldim. Bunday sinovlarni ko‘p o‘tkazish kerak.
Ishchi-xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda "O'zbekko'mir" AJ Bosh direktorining Davlat tilida ish yuritish masalalari bo'yicha maslahatchisi A. Nosirov , aksiyadorlik jamiyatining o‘qitish va malaka oshirish markazi rahbari Davron Kasimov va markaz o'qituvchilari davlat tilining mamlakat va xalq hayotidagi o‘rni, bugungi kunda o‘zbek tilini o‘rganish va targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, ijodkor xodimlar tomonidan ona tilini ulug‘lovchi she’rlar o‘qildi. Bexato yozish bo'yicha a'lo bahoga loyiq ko'rilgan xodimlarga kitoblar sovg'a qilindi.
"O'zbekko'mir" AJ Axborot xizmati
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:

Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet ‒ asosiy vazifamiz!
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida diniy ekstremizm, radikalizm va aqidaparastlik kabi yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy-ma’rifiy kurashish, sog‘lom fikrli avlodni t...
O'qish
Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni tartibga solish bo‘yicha yangi huquqiy asos yaratildi
2025-yil 30-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining VMQ-400-son qarori qabul qilinib, Kon-geologiya vazirligi tizimiga kiruvchi ishlab chiqarish, konchilik va sanoat korxona...
O'qish
Milliy libos – millatning yuragidagi ehtirom
Har juma – o‘zligimizni tan olish kuni. Har juma – milliy iftixorni e’tirof etish kuni. Har juma – yurakdagi o‘zbeklik libosga aylanadigan kun. “O‘zbekk...
O'qish
Axborot xizmati maydonida ‒ ochiqlik va tajriba almashinuvi
Joriy yilning 30-iyun ‒ 2 iyul kunlari “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida V milliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Axb...
O'qish