Aholi iste’molchilariga ko‘mir mahsulotlari yangi tizim asosida yetkazib berilmoqda
Nashr qilingan sana: 14.10.2026 15:42:49
.jpg)
Ayni kunlarda respublikamizda 2026–2027- yillar kuz-qish mavsumida aholini ko‘mir bilan ta’minlash ishlari davom etmoqda. Vazirlar Mahkamasining 418-son qarori asosida ko‘mir mahsulotlarini aholiga yetkazib berish tizimi takomillashtirilib, ushbu jarayonga tadbirkorlik sub’yektlari ham jalb etilmoqda.
Jumladan, Namangan viloyatida aholi iste’molchilarini ko‘mir bilan ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy soha ob’yektlarining yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Viloyatda 11 ta tadbirkorlik sub’yekti ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularga birja savdolarida ishtirok etish huquqi berilgan. Ular orasidagi “Bek Kon” va “Rovot-N” MCHJlari Uychi va Uchqo‘rg‘on tumanlarida aholiga ko‘mir yetkazib berish bilan shug‘ullanmoqda.
Uychi ko‘mir ombori orqali byudjet tashkilotlariga, jumladan, ta’lim va tibbiyot muassasalariga 2 250 tonna ko‘mir yetkazib berildi. Shuningdek, aholiga 24 050 tonna ko‘mir tarqatish rejalashtirilgan bo‘lib, so‘nggi uch kun davomida 1 100 tonna ko‘mir tarqatildi.
Mazkur ishlar kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini ko‘mir bilan o‘z vaqtida ta’minlashga qaratilgan.

Oxirgi yangiliklar:
Qonunchilik talablarini tushuntirish ishlari davom etmoqda
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini xodimlar...
O'qish
“Ko‘mirning rohatini uydagi odam biladi”
Ko‘mir qazish oson emas. Konchining ham, uni ishga olib borib, yana qaytarib keladigan haydovchining ham o‘z mashaqqati bor. Chang, loy, yozda jazirama issiq, qishda qahr...
O'qish
Korrupsiyaga qarshi kurashish: qonuniylik, shaffoflik va shaxsiy mas’uliyat
O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ–1155-son Qonuni korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish va korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobga...
O'qish