Angren ko‘mir omborlari faoliyati bo‘yicha rasmiy bayonot
Nashr qilingan sana: 04.12.2025 16:50:23“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyatining Angren shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘mir omborlari atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qiladi.
Bugungi kunda Angren shahrida bir nechta ko‘mir omborlari faoliyat yuritmoqda. Jumladan, “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Toshkent viloyati filialining Angren ko‘mir ombori, ijara shartnomasi asosida tadbirkorga qarashli ombor hududida (mazkur omborda tadbirkor o‘zi tomonidan chetdan olib kirilgan import ko‘mir ham mavjud), Angren shahri va qo‘shni Ohangaron tumani aholisiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Angren ko‘mir ombori tomonidan atrof-muhit va aholi salomatligiga ta’sirni minimallashtirish maqsadida sanitar-ekologik talablar bajarib kelinmoqda. Jumladan, ombor hududi 3 metr balandlikdagi devor bilan o‘ralgan, har kuni uch marta hudud suvlantirilib, chang ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilgan.
Joriy yil iyun oyida mahalliy aholining murojaatlari va takliflari asosida respublika ishchi guruhi tomonidan Angren shahridagi barcha ko‘mir omborlari mas’ullari bilan uchrashuv tashkil etilib, ko‘mir omborlarini shahar hududidan tashqaridagi hududlarga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqish va o‘z faoliyatlarini ushbu hududda davom ettirish tavsiya qilingan.
O‘z navbatida, hozirda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlarga “O‘zbekko‘mir” AJ kon hududidan yer ajratish jamiyat ishlab chiqarish va texnologik jarayonlariga ta’sir qilishini inobatga olib, ko‘mir omborlarini yashash maskanlaridan yiroqda hamda “O‘zbekko‘mir” AJ kon hududlariga kirmagan holda tashkil etish, bunda maxsus tanlangan hududda ko‘mir tarqatish jarayonlarida ekologik va texnologik talablar qat’iy nazorat qilish maqsadga muvofiqligi bildiriladi.
Ko‘mir omborlarini ko‘chirish ishlari amalga oshirilgunga qadar omborlar faoliyatida inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik bo‘yicha zamonaviy ekologik va texnologik talablar qat’iy nazorat qilish tavsiya etiladi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati

Oxirgi yangiliklar:
“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi”
2026-yil 1-mayga qadar mamlakatimizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida keng ko‘lamli targ‘ibot va tushuntirish is...
O'qish
Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv o'tkkazildi
Joriy yilning 7-aprel Shvetsiyaning Hexagon kompaniyasining Qozog‘istondagi vakili Alim Smakov jamiyatda uchrashuv o‘tkazdi. “O‘zbekko‘mir” AJ MDP binosida o‘tkazilgan...
O'qish
“Shuhrat” medali – fidoyi mehnat e’tirofi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini muko...
O'qish
Ko‘mir sanoati xodimlari mehnatining yuksak e’tirofi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi Vatanimizning...
O'qish