Официальное заявление по деятельности Ангренских угольных складов
Дата публикации: 04.12.2025 16:50:23“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent viloyatining Angren shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘mir omborlari atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qiladi.
Bugungi kunda Angren shahrida bir nechta ko‘mir omborlari faoliyat yuritmoqda. Jumladan, “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli “Ko‘mir ta’minot” MCHJ Toshkent viloyati filialining Angren ko‘mir ombori, ijara shartnomasi asosida tadbirkorga qarashli ombor hududida (mazkur omborda tadbirkor o‘zi tomonidan chetdan olib kirilgan import ko‘mir ham mavjud), Angren shahri va qo‘shni Ohangaron tumani aholisiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Angren ko‘mir ombori tomonidan atrof-muhit va aholi salomatligiga ta’sirni minimallashtirish maqsadida sanitar-ekologik talablar bajarib kelinmoqda. Jumladan, ombor hududi 3 metr balandlikdagi devor bilan o‘ralgan, har kuni uch marta hudud suvlantirilib, chang ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilgan.
Joriy yil iyun oyida mahalliy aholining murojaatlari va takliflari asosida respublika ishchi guruhi tomonidan Angren shahridagi barcha ko‘mir omborlari mas’ullari bilan uchrashuv tashkil etilib, ko‘mir omborlarini shahar hududidan tashqaridagi hududlarga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqish va o‘z faoliyatlarini ushbu hududda davom ettirish tavsiya qilingan.
O‘z navbatida, hozirda faoliyat olib boruvchi tadbirkorlarga “O‘zbekko‘mir” AJ kon hududidan yer ajratish jamiyat ishlab chiqarish va texnologik jarayonlariga ta’sir qilishini inobatga olib, ko‘mir omborlarini yashash maskanlaridan yiroqda hamda “O‘zbekko‘mir” AJ kon hududlariga kirmagan holda tashkil etish, bunda maxsus tanlangan hududda ko‘mir tarqatish jarayonlarida ekologik va texnologik talablar qat’iy nazorat qilish maqsadga muvofiqligi bildiriladi.
Ko‘mir omborlarini ko‘chirish ishlari amalga oshirilgunga qadar omborlar faoliyatida inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik bo‘yicha zamonaviy ekologik va texnologik talablar qat’iy nazorat qilish tavsiya etiladi.
“O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
.jpg)
Последние новости:
«Моя будущая профессия»: встреча с выпускниками
В целях реализации задач и инициатив, обозначенных Президентом страны в ходе открытого диалога с молодёжью 24 февраля текущего года, в государственных организациях и ведо...
Читать
Важный шаг на пути к устойчивому развитию: АО «Узбекуголь» представило первый ESG-отчёт
Сегодня при оценке деятельности предприятия важно учитывать не только объёмы производства и финансовые результаты. Не менее значимыми становятся вопросы воздействия на ок...
Читать
Открытость − основа подотчётности и общественного доверия
9 декабря − Международный день борьбы с коррупцией. Эта дата ещё раз напоминает о важности открытости, прозрачности и общественного контроля в предупреждении коррупц...
Читать
"O‘zbekko‘mir" AJning faol yoshlari Oliy Majlis faoliyati bilan tanishdilar
Читать