Oʻn bir talabgorning besh nafari MAN haydovchilik ish o'rnini qoʻlga kritdi
Nashr qilingan sana: 22.02.2023 00:26:30"Oʻzbekkoʻmir" AJ ijro apparatida 21 fevral kuni mavjud boʻsh ish oʻrinlariga qabul oʻtkazilddi.
Oraliq muddatda qorovullik kasbi boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari uchun 36 nafar fuqaro onlayn ariza topshirgan boʻlib, ulardan 21 nafari suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtdi, tanlagan kasbi boʻyicha filiallarga ishga joylashish uchun yoʻllanma oldi.
Qabul jarayonida haydovchilik kasbi boʻyicha elektron ariza topshirgan 11 fuqarodan besh nafari fuqaro test va savol-javoblardan muvaffaqiyatli oʻtib, ATT filialiga yangi xarid qilingan MAN avtoulovlarini boshqarish ish o'rnini qoʻlga kiritdi.
Ishga qabul qilingan fuqarolarga qabul boʻyicha ishchi guruhi tomonidan ish sharoitlari, belgilangan oylik ish haqlari va moddiy javobgarliklar toʻgʻrisida tushuntirish berib oʻtildi.
Eslatib oʻtamiz, "Oʻzbekkoʻmir" AJ tizimiga ishga qabul boʻyicha arizalar onlayn tarzda amalga oshirilmoqda. Siz ishga joylashmoqchi boʻlsangiz, jamiyatning global internert tarmogʻidagi rasmiy veb-saytga https://uzbekcoal.uz/uz/vacancies-security havolasi oʻtib, taklif etilgan boʻsh ish oʻrinlaridan oʻzingizga toʻgʻri keladiganini tanlaysiz va onlayn ariza toʻldirib, unga tegishli hujjatlarni ilova qilasiz.
Qutlugʻ Teshaboyev,
Ijro apparati murojaatlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis, qabul komissiyasi aʼzosi
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish