Oʻn bir talabgorning besh nafari MAN haydovchilik ish o'rnini qoʻlga kritdi
Nashr qilingan sana: 22.02.2023 00:26:30"Oʻzbekkoʻmir" AJ ijro apparatida 21 fevral kuni mavjud boʻsh ish oʻrinlariga qabul oʻtkazilddi.
Oraliq muddatda qorovullik kasbi boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari uchun 36 nafar fuqaro onlayn ariza topshirgan boʻlib, ulardan 21 nafari suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtdi, tanlagan kasbi boʻyicha filiallarga ishga joylashish uchun yoʻllanma oldi.
Qabul jarayonida haydovchilik kasbi boʻyicha elektron ariza topshirgan 11 fuqarodan besh nafari fuqaro test va savol-javoblardan muvaffaqiyatli oʻtib, ATT filialiga yangi xarid qilingan MAN avtoulovlarini boshqarish ish o'rnini qoʻlga kiritdi.
Ishga qabul qilingan fuqarolarga qabul boʻyicha ishchi guruhi tomonidan ish sharoitlari, belgilangan oylik ish haqlari va moddiy javobgarliklar toʻgʻrisida tushuntirish berib oʻtildi.
Eslatib oʻtamiz, "Oʻzbekkoʻmir" AJ tizimiga ishga qabul boʻyicha arizalar onlayn tarzda amalga oshirilmoqda. Siz ishga joylashmoqchi boʻlsangiz, jamiyatning global internert tarmogʻidagi rasmiy veb-saytga https://uzbekcoal.uz/uz/vacancies-security havolasi oʻtib, taklif etilgan boʻsh ish oʻrinlaridan oʻzingizga toʻgʻri keladiganini tanlaysiz va onlayn ariza toʻldirib, unga tegishli hujjatlarni ilova qilasiz.
Qutlugʻ Teshaboyev,
Ijro apparati murojaatlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis, qabul komissiyasi aʼzosi
Izohlar
Yusupov Abdihoshim
19.12.2024 10:07:19Matkomilov Ravshanbek
18.11.2024 15:17:09Nimatov Suxrobjon Soibjon oʻgʻli
03.07.2024 00:04:33Sadikov Adham Shovkatovich
01.03.2023 11:29:58Isaqov Begzod
26.02.2023 00:16:35Isaqov Begzod
26.02.2023 00:07:47Yòlchiyev Muxriddin Tursunboy òĝli
24.02.2023 04:24:21Абдуллаев Сарвар Фахриддин угли
24.02.2023 01:34:24Oxirgi yangiliklar:

“O‘zbekko‘mir” AJ Bosh direktori N.U. Dusmatovninhg bayram tabrigi
Hurmatli konchilar va ko‘mir sanoati faxriylari! Qadrli hamkasblar! Barchangizni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman. Mana, 2001 yildan buyon maml...
O'qish
Milliy liboslar bayramlarda ayniqsa yarashadi
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida haftaning har jumasi ‒ “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. Bu galgi “Milliy liboslar” chellenji Konchilarni...
O'qish
Konchilar mehnati e’tirof etildi
18-may – O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni! Shu munosabat bilan 16-may kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida kasb bayramiga bag...
O'qish
“Eng yaxshi ixtirochi” tanlovida ishtirok eting!
“O‘zbekko‘mir” AJ bosh direktorining “Eng yaxshi ixtirochi” tanlovini tashkil etish to‘g‘risida” 145-sonli buyrug‘i qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezi...
O'qish