Yangi mehnat qonunchiligi bo'yicha mehnat va ish haqi bo'limi xodimlari o'qitildi
Nashr qilingan sana: 22.03.2023 23:39:53"Oʻzbekkoʻmir" AJ ijro apparatida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi kuchga kirishi munosabati bilan “Kadrlar, mehnat va haqi xizmati faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya qilish hamda mehnatga oid hujjatlarni rasmiylashtirish” boʻyicha oʻquv-mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Mehnat kodeksining 1995-yildagi birinchi tahriridan farqli ravishda, unda majburiy mehnatni taqiqlash, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yoʻl qoʻyilmaslik kabilar asosiy prinsip etib belgilandi. Davlat ehtiyojmand aholini ishga joylash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydi.
"PROFACADEMY" nodavlat taʼlim muassasasi oʻquv markazi mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan mashgʻulotlarda jamiyat tarkibidagi barcha filiallarning xodimlar bilan ishlash boʻlimi, mehnat va ish haqi boʻlimi xodimlari ishtirok etdi.
Mashgʻulotlarning birinchi kunida tinglovchilar xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlarga berilgan qoʻshimcha kafolatlar va imtiyozlar xususida maʼruzalar tingladilar.
Kunning ikkinchi yarmida mashgʻulotlar ayrim toifadagi xodimlarga berilgan qoʻshimcha kafolatlar va imtiyozlar mavzusi boʻyicha davom etmoqda.
Oʻquv mashgʻulotlarida mutaxassislarining mehnat qonunchiligidagi yangiliklar boʻyicha malakasi oshirildi.
Yakunda tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish