Ayol-liderlar hamjamiyatining to‘rtinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Nashr qilingan sana: 12.11.2025 14:48:34
.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida “OKMK hamkorlari” xalqaro ayol-liderlar hamjamiyatining to‘rtinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “O‘zbekko‘mir” AJning kasbiy salohiyatga ega malakali ayol xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir ochiq va konstruktiv muloqot ruhida tashkil etilib, unga Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Xamidova hamda KfW IPEX-Bank (Germaniya) biznesni rivojlantirish direktori, Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz bo‘yicha rahbari Yekaterina Galitsina moderatorlik qildi.
Uchrashuvda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlar rahbar ayollari va faol xodimalari, shuningdek, vazirlikning xorijiy hamkor kompaniyalarining, jumladan Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi. Bank sohasi, moliya, sog‘liqni saqlash, davlat boshqaruvi va tadbirkorlik kabi turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan yuzdan ortiq ishtirokchi tadbirda qatnashdi.
Muloqotning asosiy maqsadi professional aloqalarni rivojlantirish, tajriba almashish va tog‘-kon sanoati hamda iqtisodiyotda ayol-liderlarning o‘rnini yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
27 TA XIZMAT AVTOMOBILI HARAKATLANMADI, 848 KUB METR GAZ TEJALDI
Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini kamaytirish va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltiris...
O'qish
SPORT – SOG‘LOM JAMOA VA YUQORI NATIJALAR GAROVI
Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu bejiz e...
O'qish
G‘OYANGIZ BORMI? UNDA TANLOVDA IShTIROK ETING!
Ko‘mir sanoati doimiy izlanish, yangilanish va innovatsion yondashuvlarni talab qiladigan sohalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ishlab chiqarish samaradorligini oshi...
O'qish
JAMOATCHILIK KENGASHI A’ZOLIGIGA OCHIQ TANLOV E’LON QILINADI
“O‘zbekko‘mir” AJ huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga a’zolarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi. ℹ️ Tanlov maqsadi: Jamiyat faoliyati ustidan jamoatchi...
O'qish