Izboskan tumaniga haftasiga 16 vagonda koʻmir yetkazilmoqda
Nashr qilingan sana: 07.12.2022 07:48:47Ayni kunlarda renspublikamiz boʻyicha qazib olinayotgan koʻmir mahsulotining asosiy qismi ahorli isteʼmolchilariga qatʼiy grafik asosida, mahalliy hokimliklar taqsimoti boʻyicha yetkazib berilmoqda.
Biroq, mahalliy koʻmir xarid qilishning amaldagi tartibidan bexabarlik oqibatida ijtimoiy tarmoqlarda asosli-asossiz tanqidiy chiqishlar kuzatilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqda Izboskan koʻmir omboriga "Odamlar kelib koʻmirsiz qaytishmoqda" sarlavhasi bilan chiqarilgan videolavha tarqaldi.
Ushbu videolavhadagi holat boʻyicha "Koʻmir taʼminot" MCHJ Andijon filiali boshligʻi B.Sultonov imzosi qoʻyilgan javob xatida shunday deyiladi:
"Haqiqatda, videolavha Izboskan koʻmir omborida tasvirga olingan boʻlib, unda ombor xodimining aholiga koʻmir tuman shtabi reja-grafigi asosida tarqatilayotgani tushuntirayotgan holat aks ettirilgan.
Izboskan tuman omborida koʻmir yoqilgʻisi 4 ta sektor boʻyicha tuzilgan reja-grafik asosida aholiga yetkazib berilmoqda, maqola joylangan kuni Izboskan koʻmir ombori uchun yuborilgan vagonlar yoʻlda ushlanib qolishi natijasida kech yetib kelgan. Oʻsha kuni Izboskan maxsus tuman shtabi vakillari tomonidan MFY raislari, faollar va aholi ishtirokida temir yoʻl stansiyasida uchrashuv oʻtkazilib, aholiga koʻmir tarqatish tartibi boʻyicha tushuncha berildi va ular reja-grafik bilan tanishtirildi.
Izboskan tumani aholisiga joriy kuz-qish mavsumi uchun 16580 tonna koʻmir yetkazi berish rejalashtiirilgan boʻlib, 7 dekabr holatiga 8113 tonnasi keltirib tarqatildi.
Hooʻzirda Izboskan tumaniga haftasiga 16 vagonda 1072 tonna koʻmir yekazib berilmoqda".
"Oʻzbekkoʻmir" AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Pensiya ta’minoti tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi
“O‘zbekko‘mir” AJda pensiya ta’minoti tizimini isloh qilishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi....
O'qish
Ko‘mir bor joyda tabiatga ham e’tibor bor
Bilamizki, bir tonna ko‘mir faqat energiya manbaigina emas. U tabiat oldidagi mas’uliyatni ham anglatadi. Uni qazib olish, saralash, tashish va saqlashning har bir b...
O'qish
Kuz-qish mavsumi: favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va energetika sohasi ob’ektlarining mavsumiy barqarorligini ta’minlash maqsadida...
O'qish
Ish jarayonida ham sportga hamisha vaqt topiladi
Korxonamizda xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, jismoniy faolligini oshirishi va sog‘lom turmush tarziga amal qilishi uchun barcha zarur sharoitlar y...
O'qish