“Koinot” oromgohi bolajonlarni yana o‘z bag‘riga oldi
Nashr qilingan sana: 18.06.2025 17:47:29
“O‘zbekko‘mir” AJga qarashli “Koinot” bolalar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi joriy yoz mavsumida faoliyatini boshladi. 18-iyun kuni ushbu maskan konchilarning 220 nafardan ortiq farzandini o‘z bag‘riga oldi.
“Koinot” poytaxtimizni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi Qamchiq davoni yo‘li bo‘ylab, Ohangaron tumanining tog‘lar bag‘ridagi Chetsuv qishlog‘i hududida joylashgan. Bir tomoni ‒ tog‘, bir tomoni ‒ cheksiz ungurlar, pastda esa moviy ko‘l! Ajoyib manzara! Oromgoh hududi ham daraxtlar va anvoyi gullarga burkangan, soya-salqin...
Ushbu oromgoh bu yil ham mavsumga puxta tayyorlandi. Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Abdunosir Qayumovning aytishimcha, ushbu maskanda bolajonlar dam olishi uchun Jamiyat tomonidan barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Eng asosiysi, toza havo, muzday zilol suv...
Oromgoh bu yilgi mavsumda ham to‘rt navbatda ishlaydi va bu yerda jami 1000 nafardan ortiq konchilar farzandlari sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan. Dam oluvchi bolalarning orasida haqiqiy fanatlar ham bor. Ular butun yoz mavsumini jon deb shu yerda o‘tkazishga tayyor. Negaki, “Koinot”da kattalar va kichik bolalar uchun alohida cho‘milish havzasi, sport maydonchalari, tadbir o‘tkaziladigan yozgi kinoteatr, mazali ovqatlar pishiriladigan oshxona va boy kitobxonagacha bor.
“Angren ko‘mir koni” filiali xodimasi Roza Rahmonovaning kichik o‘g‘li Humoyun oromgohga dam olishga kelgan bolajonlardan biri. Uning yuz-ko‘zlaridan bu yerda o‘ziga yoqadigan qiziqarli mashg‘ulotlar o‘tkazilishiga ishonchi sezilib turibdi. Humoyun turli sport musobaqalarida qatnashib, g‘olib bo‘lish, kitob o‘qish, yangi do‘stlar orttirish niyatida.
Biz bolajonlarning miriqib dam olishi uchun oromgoh rahbari Dilfuza Normurodova va katta tarbiyachi Madina Barakaevalar yanada ko‘proq harakat qiladilar degan umiddamiz. Ular va barcha hamkasblari o‘ta bolajon bo‘lib, tajribalari ham yetarli. Ayniqsa Madina Barakaeva oromgohdagi sharoit va bolajonlarning tabiatini yaxshi biladi. U bu yerga 25 yildan bolajonlar orasida.
Diana Andreyeva
.jpg)
.jpg)
Oxirgi yangiliklar:
“O‘zbekko‘mir” xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xo...
O'qish
Konchilar spartakiadasi: kuch, mahorat va hamjihatlik
“O‘zbekko‘mir” AJda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bos...
O'qish
Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik: yangi talablar
Joriy yilning 21-avgust kuni “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Markaziy dispetch...
O'qish
Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar diqqatiga!
“O‘zbekko‘mir” AJning 2026-yil I yarim yillik faoliyati yakunlari va galdagi ustuvor vazifalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi. Manzil: O‘zMTRK “Toshkent” tel...
O'qish