Korrupsiyaga qarshi kurashishning konstitutsiyaviy asoslari
Nashr qilingan sana: 06.12.2022 18:22:22Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʻlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga toʻgʻanoq boʻladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxoʻrlikdir. Shu boisdan ham har bir davlatda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini amalga oshirishda KONSTITUTSIYA asosiy mezon boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekistonda ham mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar Konstitutsiyamizda belgilangan mezonlarga tayangan holda amalga oshirilmoqda.
"Oʻzbekkoʻmir" aksiyadorlik jamiyatida "Korrupsiyaga qarshi kurashishning Konstitutsiyaviy asoslari" mavzusida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʻrifiy tadbirda yuqoridagi fikrlar alohida qayd etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi va Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bagʻishlab "Qurilish-montaj ishlari" filialida tashkil etilgan tadbirni jamiyat Birlashgan uyushma qoʻmitasi raisi Abdunosir Qayumov kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Jamiyat komplayens nazorat xizmati rahbari Erkin Amanov kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ilgari surilayotgan keng koʻlamli vazifalar, xususan adolatli va xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali taʻminlash kabi ulugʻvor maqsadlar ularni amalga oshirishga zarur huquqiy asosni taʼminlovchi Konstitutsiyaviy makonni yanada takomillashtirish extiyojini kun tartibiga qoʻymoqda. Shu maqsadda ayni kunlarda Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Konstitutsiyaviy komissiya ish olib bormoqda. Joriy yilning 24 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan "Oʻzbekiston konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi. Unga koʻra, Konstitutsiyaning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq oʻzgartirishlar 6 ta yangi modda bilan 16 ta norma kiritilmoqda.
Tadbirda E.Amanov Konstitutsiyaga kiritilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid normalar xususida maʻlumot berib oʻtdi.
Taʻkidlandiki, Konstitutsiyamizga korrupsiyaga qarshi kurashishga oid normalarning kiritilishi, birinchidan – shaxsning, ikkinchidan – jamiyatning, uchinchidan – parlamentning, toʻrtinchidan – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faolligi va imkoniyatlari hamda masʻuliyatini oshirishga xizmat qiladi.
Tadbirda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʻlumot berilib, ushbu illatga qarshi birgalikda kurashish nechogʻlik muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Izohlar
Oxirgi yangiliklar:
Yo‘lingiz hamisha bexatar bo‘lsin!
Ushbu filialda uchta avtobaza bo‘lib, 2-avtobazada yengil ma va maxsus avtotransport transpot vositalari jamlangan. Jamoada ko‘plab o‘z kasbini puxta egallagan...
O'qishFuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligi – dolzarb vazifa
Bugun “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida “Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ob’ekt tuzilmalarining shahar fuqaro muhofazasi xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakat...
O'qishHududiy ko‘mir omborlarida xavfsizlik holati o‘rganilmoqda
Respublika hududiy ko‘mir omborlarida kuz-qish mavsumiga qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda? Ushbu ob’ektlarda texnika va yong‘in xavfsizligi choralari qay darajada ko‘rilga...
O'qish2025-yilda ko‘mir qazib chiqarish hajmi 10 million tonnaga yetkazilishi kutilmoqda
Geologiyadagi muhim yo‘nalish ko‘rib chiqildi 13.05.2024 Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni ko‘mir qazib chiqarishni oshirish rejalari taqdimoti bi...
O'qish