OAV diqqatiga: “Ko‘mir ta’minotida yangi tizim ‒ yangi imkoniyatlar” mavzusida brifing o‘tkaziladi
Nashr qilingan sana: 06.10.2026 12:17:12“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati tomonidan aholi va budjet tashkilotlarini ko‘mir bilan ta’minlashda joriy yildan amal qilayotgan yangi tizim, birja savdolari, tadbirkorlarning ishtiroki, aholi uchun yaratilgan tanlov imkoniyatlari hamda ko‘mir ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan brifing o‘tkaziladi.
Brifing davomida ko‘mir ta’minotining yangi tartibi, birja savdolarida tadbirkorlarning ishtiroki, aholi uchun raqobat va tanlov imkoniyatlarini kengaytirish, ko‘mir sotuvchi tadbirkorlar faoliyati, Mycoal.uz elektron platformasi orqali aholiga yaratilgan imkoniyatlar hamda yangi tizimda “O‘zbekko‘mir” AJning vazifalari va aholini ko‘mir bilan ta’minlashda mavjud masalalar va ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot beriladi.
Sana: 2026-yil 6-oktabr, soat 15:00
Manzil: “O‘zbekko‘mir” AJ ijro apparati binosi
Brifing yakunida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob beriladi.
O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati
Oxirgi yangiliklar:
Brifing: ko‘mir ta’minotida yangi tizim: aholi uchun tanlov va raqobat imkoniyati kengaymoqda
Respublikamizda 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari, jumladan, tabiiy gaz yetib bormagan hudud...
O'qish
Xalqaro jurnalda Angren konchilari faoliyati haqida keng maqola chop etildi
“O‘zbekko‘mir” AJ faoliyatining xalqaro va sohaviy ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borilayotgani geologiya, konchilik va ko‘mir sanoati sohalarida amalg...
O'qish
Dashtobod ko‘mir ombori faoliyati yuzasidan rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida Jizzax viloyati Zomin tumani Dashtobod shahri, “Bunyodkor” mahallasi hududida joylashgan Dashtobod ko‘mir ombori faol...
O'qish